Ignatiy Nesterov bilan on-layn konferenciyaga taklif etamiz
25 mar 2014 14:28
Yangiliklar


Ignatiy Nesterov bilan on-layn konferenciyaga taklif etamiz
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi va ko'p karra O'zbekiston chempioni Ignatiy Nesterov ayni damda Lokomotiv futbol klubi darvozasini qo'riqlamoqda.
Uzoq vaqt jarohatini davolab yana yashil maydonga qaytgan Ignatiy bilan Lokomotiv matbuot xizmati 26 mart, chorshanba kuni soat 11:00dan 12:00gacha on-layn suhbat o'tkazadi.
Agar sizda Ignatiy Nesterovga savollar, tilaklaringiz bo'lsa, lokomotiv-uzb@mail.ru pochta qutisi yoki @lokomotivuzb tvitter akkauntiga yo'llashingiz mumkin.
Ignatiy seshanba kuni pochta qutimiz va tvitter akkauntimizga kelgan savollarga javob beradi va eng yaxshi savol egasiga o'zining sovg'asini taqdim etadi.
Barcha muxlislarimizni ushbu On-Layn suhbatga taklif etamiz.

Fikrlar