Igita: "Xames hech qachon Messidan o'tib keta olmaydi"
18 apr 2015 11:15
Yangiliklar
Igita: "Xames hech qachon Messidan o'tib keta olmaydi"
Kolumbiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Rene Igita o'z hamyurti va "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges nomiga iliq so'zlar aytdi.
"Xamesning o'yini yoqadi va uning qobiliyatlaridan xabardorman. Ammo shunga qaramay, u hech qachon Messidan yaxshiroq bo'la olmaydi. Biz u haqida Messi borasida gapirgandek gapira olmaymiz. Messi - buyuk futbolchi" - deydi Igita.
Xames bu mavsum Ispaniya chempionatining 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar