So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Igita: "Meni Braziliya termasiga chaqirishgan, lekin Qozog'iston uchun taklifni rad etganman" Yangiliklar

Igita: "Meni Braziliya termasiga chaqirishgan, lekin Qozog'iston uchun taklifni rad etganman"

Teglar :  FutzalIgita
Futzal bo'yicha Qozog'iston milliy terma jamoasi va "Qayrat" klubi darvozaboni Igita Braziliyaning "Globo" nashriga intervyu berdi.

Unda bo'lajak Jahon chempionati va yakunlangan mavsum haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashgan.

"Bu yil ajoyib mavsum bo'ldi, ayniqsa Qozog'iston terma jamoasi uchun. Afsuski, "Qayrat" bilan UEFA kubogining final to'rtligiga chiqa olmadik. Boshqa tarafdan, biz ichki chempionat va mamlakat kubogini qo'lga kiritdik. SHuningdek, "Eremenko kubogi"da ham g'alaba qozondik.

Jahon chempionati haqida nima deyishim mumkin? O'z kuchimizni ko'rsatishimizga ishonaman. Terma jamoa shunchaki ishtirok etish uchun emas, har bir o'yinda yaxshi o'ynash uchun boradi. Jahon chempionati har doim maning orzuim bo'lib kelgan. Bu musobaqani ko'p bor tomosha qilganman, lekin umuman ishtirok etmaganman. Biz o'zgacha o'yin uslubiga ega bo'lgan kuchli jamoalar bilan o'ynaymiz - bu katta tajriba. Orzuim ro'yobga chiqqanidan hursandman.


Braziliya terma jamoasi? Kim ham Braziliya uchun o'ynashni istamaydi?! Bu mening uzoq yillik orzuim edi, ammo u amalga oshmagan. Hatto biz UEFA kubogini qo'lga kiritganimizda va "Barselona"ni yutganimizda ham, meni terma jamoaga chaqirishmagan. Qozog'iston terma jamoasida o'ynash uchun yakuniy qaror qabul qilganimdan keyingina taklif oldim. Braziliya terma jamoasi meni Quvaytdagi turnirga taklif qilmoqchi bo'lgan, lekin men mahalliylashtirish jarayonini boshlagan edim. Men Qozog'istonga so'z bergan edim va uni qaytara olmasdim. Bu mamlakat menga hamma narsa berdi. Bu jamoa sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman. Albatta, doim Braziliya terma jamoasiga ham muxlislik qilaman, lekin maydonda to'qnash kelib qolsak, ularni mag'lub etishni istayman. CHunki men professionalman", - deydi Igita.

Eslatib o'tamiz, Igita ortda qolgan mavsumda dunyoning eng kuchli darvozaboni degan nomga sazovor bo'ldi.


Tolibjon Qosimov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика