Igalo MYUda qolish uchun 75 millionlik maoshni rad etmoqda
29 may 2020 20:29
Yangiliklar
Igalo MYUda qolish uchun 75 millionlik maoshni rad etmoqda
Hujumchi Odion Igalo faoliyatini "Old Trafford"da davom ettirmoqchi.
"Daily Star" xabariga ko'ra, 30 yoshli forvard "SHanxay SHenxua"ning 75 million evroga teng shartnomasiga bir necha bora rad javobini bergan. U "Yunayted"da qolishni istamoqda.
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Igaloning MYUdagi ijara muddati ham tugaydi. MYU hujumchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Biroq Xitoy klubi buni istamayapti.
Fikrlar