IFFHS: O'zbekiston oliy ligasi jahonda 69-o'rinda
29 jan 2014 14:13
Yangiliklar

IFFHS: O'zbekiston oliy ligasi jahonda 69-o'rinda
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) sayti milliy chempionatlarning 2013 yilgi reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra O'zbekiston oliy ligasi jahonda 69-o'rinda qayd etilgan. Sayt vakillarining hisob-kitobiga ko'ra oliy liga 299,50 ochkoga ega. 2012 yilgi reytingda chempionatimiz 54-pog'onada edi.
Umumiy reytingda Ispaniya primerosi peshqadamlikni saqlab qolgan. Bu chempionat hisobida 1155 ochko mavjud. Uch pog'ona ko'tarilgan Angliya chempionati esa ikkinchi o'ringa chiqib olgan - 1128 ochko. Germaniya bundesligasi uchinchi o'rinni hech kimga bermagan - 1056 ochko.
MDH chempionatlari orasida eng yuqori o'rinda Rossiya premer ligasi o'rin olgan - 8-o'rin. Ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan bu chempionat 2012 yilda 19-pog'onada edi. Osiyo qitasida esa Janubiy Koreya K-ligasi peshqadam. Koreyslar milliy chempionati 15dan 23-o'ringa tushib ketganiga qaramay hamon qitada birinchi.
To'liq reyting bilan IFFHS saytida tanishib olish mumkin.

Fikrlar