IFFHS. Noyer qatorasiga to'rtinchi bor yilning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi
27 dek 2016 00:00
Yangiliklar
IFFHS. Noyer qatorasiga to'rtinchi bor yilning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi
Ushbu so'rovnomada qatorasiga to'rtinchi bor “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer g'olib chiqdi. Germaniya terma jamoasi posboni 156 ball to'plashga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni “Yuventus” klubining afsonaviy darvozaboni Janluiji Buffon egalladi. “Sporting” klubi posboni Ruy Patrisiu kuchli uchlikka yakun yasadi. Ovoz berish jarayonida 56ta davlatdan ekspertlar ishtirok etdi.
1. Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya) – 156 ball
2. Janluiji Buffon (“Yuventus”, Italiya) – 91
3. Ruy Patrisiu (“Sporting”, Portugaliya) – 50
4. Klaudio Bravo (“Barselona”/ “Manchester Siti”, CHili) – 45
5. David De Xea (“Manchester Yunayted”, Ispaniya) – 37
6. Yan Oblak (“Atletiko”, Sloveniya) – 31
7. Ugo Loris (“Tottenxem”, Franciya) – 29
8. Keylor Navas (“Real”, Kosta-Rika) – 18
9. Tibo Kurtua (“CHelsi”, Belgiya) – 13
10. Denis Onyango (“Mamelodi Sandaunz”, Uganda) - 5
11. Petr CHex (“Arsenal”, CHexiya) – 4
12. Samir Xandanovich (“Inter”, Sloveniya) - 2
13. Mark-Andre ter SHtegen (“Barselona”, Germaniya) – 1.
Fikrlar