So’nggi yangiliklar

19:41Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср. Таркиблар маълум  12 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  2 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  1 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  10 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  7 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1

Ifeani Ifeani: "Hakamlar xato qilsa, tarafini olishadi. Biz-chi? Biz ham insonmiz va xato qilamiz" Yangiliklar

Ifeani Ifeani: "Hakamlar xato qilsa, tarafini olishadi. Biz-chi? Biz ham insonmiz va xato qilamiz"

"Qizilqum"ning nigeriyalik legioneri Ifeani Ifeani bilan intervyu.

- Ifeani nega aynan yana O'zbekistonga qaytishni xohladingiz?

- Avvalo, O'zbekistonda futbol yuqori saviyada. Bundan tashqari, Osiyoda o'zbek futbolining o'rni oldingi qatorlarda turadi. Qolaversa, oldingi safar kelgan paytimdagi chempionatdan hozirgi bo'layotgan Superliga orasida odamni hayratga soladigan darajada o'zgarishlar bo'lgan. SHu sababli ham qaytdim. Yana bir qaytishimga asosiy sabab, "Qizilqum" jamoasidan ketgan murabbiy Asror Aliqulovdir. U judayam yaxshi inson. Qolaversa, uning futboldagi falsafasi va taktikalari menga yoqadi. Menga taklifni aynan shu mutaxassis bergan va men bu taklifni rad etolmadim.

- Yurtdoshingiz Viktor Mbaoma ham siz orqali "Qizilqum" jamoasiga kelganmi?

- Yuq. Men uni tanimasdim. Sababi men Iroq chempionatida to'p tepganman. U esa Jazoirda faoliyat olib borgan. Viktorni faqatgina mavsumga tayyorgarlik paytida, mashg'ulotlarga kelganda taniganman.

- Hamma joyda yangrayotgan savol. Bu mavsumda "Qizilqum" jamoasiga nima bo'lmoqda? Natijalar va kartochkalar juda ham ko'payib ketdi. Qolaversa, ularning ikkitasini o'zingiz qabul qilib oldingiz...

- Bilasizmi, "Qizilqum" jamoasi ayni vaqtda o'zgarish jarayonida. Bunday o'zgarishlar va natijalarning pasayishi dunyodagi top va buyuk klublarida ham bo'ladi. Misol uchun, mana Anglyaning "CHelsi" jamoasida ham hech nima o'xshamayapti. Sababi jamoa butunligicha o'zgarmoqda. Bizda ham xuddi shunaqa jarayon kechmoqda. O'tgan mavsumdagi tarkib deyarli butunligicha almashtirilgan. SHuning uchun ham muxlislardan faqatgina sabr qilishlarini so'rab qolgan bo'lardik. Albatta, ular o'zlari xohlashgani g'alabalarimiz hali oldinda. Bunga biz astoydil harakatdamiz. Qizil kartochkalarga keladigan bo'lsak, bilmadim, hakamlar kartochka ko'rsatish kerak bo'lmagan vaziyatda ham futbolchilarni ogohlantirmoqda. To'g'ri, ularni inson xato qiladi, deb tarafini olishdi. Lekin biz-chi? Biz ham insonmiz va xato qilamiz. Agar tahlil qilib bir vaziyatni ko'rib chiqsak. Yani Superliga 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" va "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda raqib futbolchisi menga qanday jarohat etkazganini ko'rishsin. Nega o'shanda hakam futbolchini hattoki og'zaki ogohlantirmadi. Adashmasam, o'yinda VAR ishlayotgandi. Bilasizmi, bunday xatolar kerak emas. Yana ham bilmadim.

- Ifeani "Qizilqum" jamoasining oldingi mavsumlarida sizning poziciyangizda qanday futbolchilar to'p tepganidan xabaringiz bordir. SHunday ekan, muxlislar sizdan ham ana shunday o'yinlarni kutishmoqda...

- Albatta, hammasini bilaman va buni his qilmoqdaman. Muxlislar esa bunga haqlidir. Men ham ular istayotgan o'yinni maydonda ko'rsatishga bor kuchim bilan harakat qilmoqdaman. Jamoamizning ashaddiy muxlislaridan menga ishonishlarini va men bu ishonchni ajoyib o'yinlarim bilan oqlayman. Men bunga ishonaman va bu ishlar uchun kuchim ham etadi.

- Siz uchun ayni vaqtda Superligada top-darajada o'yin ko'rsatayotgan futbolchi kim?

- SHubhasiz, "Paxtakor" jamoasi futbolchisi Dragan CHeran. Uning aqlli o'yinlari va gollari jamoasi uchun anchagina foyda keltirmoqda.  


SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика