So’nggi yangiliklar

14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  2 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  12 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  1 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  8 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  2 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  2 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1

Idgay Tazetdinovning tavallud kuniga 85 yil to'ldi Yangiliklar

Idgay Tazetdinovning tavallud kuniga 85 yil to'ldi

Bugun Sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan murabbiy Idgay Tazetdinovning tavallud kuniga 85 yil bo'ldi.

O'zbek futbolidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri, "Paxtakor"ning 1960-yillardagi sardori va afsonaviy jamoa murabbiyi bundan 85 yil avval dunyoga kelgandi.
U futbol o'ynashni Toshkentda "Medik" bolalar jamoasida boshlagan. Keyin "Trud" jamoasiga ko'chib o'tgan. 1953 yil Idgay Borisovichni "Spartak"ka taklif etishdi.

1956 yil "Paxtakor" jamoasi tashkil qilinganda Tazetdinov boshqa bir qator futbolchilar qatorida yangi jamoa safini to'ldirdi.
1962 yil u jamoa bilan oliy ligada 6-o'rinni egallab, sport ustasi unvoniga loyiq ko'rilgan.

"Paxtakor" tarkibida yarim himoyachi chempionat bahslarida 202 uchrashuvda 33 to'p kiritgan. Kubok bellashuvlarida 13 o'yinda 1 gol muallifiga aylangan. 13 xalqaro uchrashuvda jamoa sharafini himoya qilgan.

1977 yil "Paxtakor"ga ikkinchi murabbiy sifatida taklif etilgan. Bevosita uning olib borgan selekciyasi yordamida jamoa oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Tazetdinov "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy" unvoni bilan taqdirlandi.
1979 yil "Paxtakor" UEFA Kubogida ishtirok etishga imkon beradigan o'rinlardan biriga davogarlik qilayotgandi, ammo Minskka uchish chog'ida mashum halokat ro'y beradi.

Idgay Borisovich Tazetdinov 1979 yil 11 avgust Dneprodzerjinsk osmonida "Paxtakor" azolari bilan halok bo'ldi.
Ashaddiy ishqibozlar, do'stlari, faxriy hamkasblari Idgay Tazetdinovni ajoyib futbolchilik va murabbiylik faoliyati orqali doimo yodga olishadi.

"Paxtakor" futbol klubi hamisha klub shakllanishi va muvaffaqiyatlariga hissa qo'shgan insonlar xotirasiga hurmat keltiradi, ularni yodga oladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика