So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  54 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  18 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  40 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

"Ichimizdan nima o'tayotganini faqat o'zimiz bilamiz" - "Turon" etakchisi Muzaffar Muzaffarov bilan intervyu Yangiliklar

"Ichimizdan nima o'tayotganini faqat o'zimiz bilamiz" - "Turon" etakchisi Muzaffar Muzaffarov bilan intervyu

"Turon" jamoasi Superliganing 25-turida Bekobodda "Metallurg"ga mag'lub bo'ldi (0:1). Amalda yo'qotilgan mazkur uch ochko jamoaning Superligadan rasman tushib ketishiga sabab bo'ldi.

Aslida yaypanliklarda bu turgacha ham Superligada qolish imkoniyati saqlanib qolingandi. "Andijon"ning "Navbahor"ga engilishi esa umid uchqunlarini qaytadan uyg'otdi. Biroq jamoa o'z qo'lidagi imkoniyatdan foydalana olgani yo'q. Joriy yilda Superligada debyut qilgan "Turon" garchi Pro ligaga tushib ketganiga qaramasdan ko'pchilik muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. Klub tomonidan yaratib berilgan sharoitlar, amalga oshirilgan ishlar mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi. Ushbu fikrlarimizga jamoa etakchisi Muzaffar Muzaffarov ham qo'shilgan holda bir qator savollarimizga ham javob berib o'tdi. 

- "Andijon" o'z maydonida "Navbahor"ga taslim bo'lib, Superligada qolish uchun umidni yo'qqa chiqardi. Mana shu jihatdan "Turon" foydalanib ketishi mumkin edi. Jamoa shu kuni maydonga chiqish arafasida raqobatchisining engilganidan xabardormidi?

- Andijondagi o'yin yakunlanganda biz "Metallurg" bilan bahsga tayyorgarlik ko'rayotgan edik. Maydonga chiqayotganimizda hisobni bildik, deya olaman. Lekin "Andijon" "Navbahor"ni yutgan taqdirda ham biz Bekobodda muxlislar uchun faqat g'alaba qozonishimiz kerak edi. 

- Birinchi va ikkinchi bo'limdagi "Turon" o'rtasida katta farq ko'rdik. Ishtiyoq nima uchundir kech uyg'ongandi. Ilk daqiqalardan boshlab shunday yuqori tempda o'ynashga nima to'sqinlik qildi?

- Masalan birinchi bo'limda gol urib olish uchun yaxshi imkoniyatlarimiz bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa ortga yo'l qolmagandi. SHuning uchun bor etiborimizni hujumga qaratdik. Pressingni kuchaytirdik.

- "Turon" elitada o'tkazgan ilk mavsumida yaxshigina etibor qozona oldi. Qo'shni mamlakatlarda ham muxlislariga ega bo'ldi. Mavsum esa poyoniga etay, deb qoldi. SHunday ekan bu boradagi fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Ha, to'g'ri takidladingiz. Jamoamizda yomon futbolchilar yig'ilmadi. Barchasi Superliga havosini ko'rgan, tajribali ijrochilar. Futbolda eng katta rol o'ynaydigan narsa bu - omad. Tarkibda zo'r futbolchilar bo'la turib omad kelmasa qiyin bo'larkan. Har bir o'yinda muxlislarni xursand qilish uchun harakat qildik. Ko'pchilik "Turon" qachon o'ynaydi, degan mazmundagi savol bilan yuzlanadi. 

- Agarda sir bo'lmasa, jamoa Superligada qolishi uchun yaxshigina bonuslar, mukofot puli aytilganmidi?

- Albatta. "Turon"da pul masalasida umuman muammo yo'q. Biz shuncha mag'lubiyatlarga uchrashimizga qaramasdan maoshlar o'z vaqtida berildi. Buning uchun klub rahbarlariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Boshqa jamoada bunday munosabat yo'q. Agar jamoa pastga tushib ketsa, muvaffaqiyatsizliklarga uchrasa maoshlarni kesishadi. Bizda bunday holat ro'y bermadi. Xususiy klub, istalgan ishini qilsa, hech kim indamasdi. SHuning uchun rahbarlarimizning insoniylik jihatlariga qoyil qoldik. Biror marotaba qattiq gapirishmadi. Masalan "Metallurg" bilan o'yin biz uchun haqiqiy final edi. O'yindan oldin kirib ruxlantirishdi. Mukofot pullari ham ancha ko'p edi. Yakunda yutqazdik, hech kim kirib qattiq ohangda fikr bildirmadi. 

- Odatda bunday muvaffaqiyatsizliklardan so'ng futbolni yarim yo'lda tashlab ketish, bezib ketish holati uchraydi. Masalan bu yil shunday jamoalarni ham ko'rdik. ... 

- Xudo xohlasa bular bunday insonlar emas. Bitta ishga kirishishdimi, o'sha ishni qilishadi. Futbolda har xil vaziyat bo'ladi. Lekin albatta maqsadlariga erishishadi. 

- Kelajagingiz borasida o'ylab ko'rdingizmi? Balki legionerga aylanish payti kelgandir...

- O'zi ancha oldin xorijga ketishim kerak edi. Jarohat sabab qolib ketdim. Balki keyingi yil legionerga aylanarman, yoki boshqa klubga ketishim ham mumkin. "Turon" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnomam bor. Tez kunda shu narsaga oydinlik kiritaman. Lekin jamoa uchun bor kuchim bilan o'ynadim. Bunga muxlislar ham guvoh. 

- Xususiy klublar borasidagi qarashlaringiz qanday? Istaymizmi yoki yo'qmi baribir kun kelib barcha klublar xususiy bo'lishi kerak...

 Xususiy jamoa tashkil qilgan yaxshi. Faqat insoniylik tomondan juda kuchli va sabrli bo'lish talab qilinadi. 7 yildan beri Superligada o'ynayotgan bo'lsam, faoliyatimda ilk bor xususiy jamoada to'p tepdim. Agar "Turon"ga o'xshagan klublar ko'paysa nur ustiga alo nur bo'lardi. 

- Suhbat uchun tashakkur. Agar aytadigan gaplaringiz, muxlislarga tilaklaringiz bo'lsa marhamat...

- Jamoamizning muxlislariga rahmat aytaman. Uzoqni uzoq demay, qaerda bo'lishimizdan qatiy yolg'izlatib qo'yishmadi. Ulardan uzur so'raymiz. Bizni to'g'ri tushunishadi, degan umiddaman. Ichimizdan nimalar o'tayotganini o'zimiz bilamiz. Hammasi uchun tashakkur. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика