Ichimdagi gap: "Zohid"dan admin va o'quvchilarga
30 jan 2014 16:00
Yangiliklar

Ichimdagi gap: "Zohid"dan admin va o'quvchilarga
Payshanba - muxlis minbarining "Ichimdagi gap" rukni doirasida saytimizning Moskvadagi o'quvchisi tomonidan yozilgan xatni taqdim etamiz.
Assalomu alaykum qadrdon saytdoshlar! So'nggi paytlarda saytimizda bazi o'quvchilar faolligi bilan BML tashkil qilindi. Turli xil so'rovnomalar o'tkazilyapti, xullas saytda hayot qizg'in. SHundan ilhomlanib ruxsatlaring bilan saytdoshlarimizga ayrim takliflar bilan murojaat qilmoqchiman.
Eng birinchi Nodirxo'ja boshlagan "12 oy, 12 ta viloyat" haqida. Qarshi safari yakuniga etdi, endi navbat kimniki? Malumki saytimizni hamma viloyatlarda qanchadan-qancha o'quvchilari bor. Vaqtlaringni ayamay, safar davomida o'quvchilar bilan uchrashinglar, 2 dona foto bo'lsin, Nodirxo'ja saytga qo'ysin. Ko'rsak hammamiz xursand bo'lamiz, do'stlik, oshna-og'aynichilik ortadi. Eshitishimizcha, Moskva safari ham rejalarda bor ekan. Moskvaga biz Yahyo ikkovimiz kafil, Hudo xohlasa. Keyin futbollar uyushtirilayotgan edi, nimaga jim bo'lib qoldik? SHuni davomli qilaylik, bizdan ozgina harakat bo'lsa adminlar qo'llab-quvvatlaydi. Yana bir gap, ko'pincha biz o'quvchilarning harakatimiz "gap desa qop-qop, ish desa Samarqanddan top" deganga o'xshab qolyapti. Faqat kommentda emas, amaliy ishlarda ham faol bo'laylik. Hozir shu xatni yozayotganimda saytda "bizda pul nima qiladi? Eshitdik-da ..." degan xabar chiqdi. Kommentlar boshlandi, kim gapiribdi, qaysi o'yinda nimaga yozmaysilar birov ishonmaydi va hokazo...
Jon do'stlar, buni endi bir hazilnamo qilib qiziq gap yozilgan, buni kim-kimligini familyasi bilan yozish ahloq qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Adminlarni tinch quyaylik, biz uchun ishlayapti shular. Bir kuni Abror Angliya chempionatini daxshat sharhladi, voqealarga ulgurib ikir-chikirigacha, holis sharhladi, o'yin tugadi, o'quvchimiz Abrorga "rahmat" aytishni boshlashdi... Aniqki bu o'quvchimiz Abrorni gazetani gullatib yozib yurgan zo'r materiallarini biror marta o'qimagan. Oldindan aytishim kerak, adminlardan Nodirxo'jani umrimda bir marta ko'rdim, qolgan ko'rmaganman. Nasib bo'lsa yaxshi kunlarda ko'risharmiz. Hamma ishni o'z mutaxassisi bo'lganidek, bular ham siz bilan, bizdan ko'ra mutaxassisroq-ki shu O'zbekistondagi eng yaxshi saytida faoliyat olib boryaptilar. SHunga kimda-kim bularga tanqid gapi bo'lsa kommentda ayyuhannos solmaylikda, masalan pochtasiga xat qilib yozaylik. Buni ular albatta o'qiydi va etiborga oladi.
Adminlargayam bir gap, "Barselona" bilan "Real" muxlislarini janjaliga sabab bo'ladigan sarlavha qo'ymanglar. Har bir o'quvchi o'z jamoasini har qancha maqtay olsa marhamat, lekin boshqalarni kamsitmaydigan bo'laylik! Men masalan, tez orada "La Masia" haqida bir material tayyorlab jo'nataman, qarshiliklar bo'lmasa. Mayli endi uzuq-yuluq bo'p ketdi, aytib o'tganimday, biz sport jurnalisti emasmizda.
Hurmat bilan Moskvadan "Zohid".

Fikrlar