So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  4 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  6 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Ibrohimhalil Yo'ldoshev: “Osiyo chempionati O'zbekistonga bejizga berilmaganini isbotlamoqchimiz” Yangiliklar

Ibrohimhalil Yo'ldoshev: “Osiyo chempionati O'zbekistonga bejizga berilmaganini isbotlamoqchimiz”

Otabek G'ulomxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichidagi turnirdan oldin poytaxtimizda yig'ildi.

Mazkur yig'in doirasida BAAlik tengqurlariga qarshi maydonga tushishdi. O'rtoqlik maqomida o'tgan o'yindan keyin faol harakatlari bilan ajralib turgan Ibrohimhalil Yo'ldoshevdan saytimizga intervyu oldik.

- Ibrohim, birinchi galda o'yin haqida fikringizni bildirib o'tsangiz?
- Kutganimizdek yaxshi o'yin bo'ldi. Rejamiz raqib jarima maydonchasi ichida ko'proq hujum qilish va bosim uyushtirish edi. Menimcha buni uddasidan chiqdik. Ular himoyaga tayangan holda, bizga qarshilik ko'rsatishga intilishdi. Saudiya Arabistoniga alo kayfiyatda yo'l olayapmiz. Nasib qilsa ishonchli g'alabalar bilan yurtimizga qaytamiz.

- Bu o'rtoqlik uchrashuvining muhimlik darajasi qanday edi?
- Birinchi galda Osiyo chempionati saralash bahslariga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun bu uchrashuv tashkil etildi deb o'ylayman. Bu musobaqadan oldingi so'nggi yig'in hisoblanadi. Barcha futbolchilar bir-birlari bilan o'zaro chiqishib olishlari muhim.


Ibrohimhalil Yo'ldoshev (#6)


- Birinchi bo'limga qaraganda, ikkinchi bo'limda amirlik futbolchilar darvozamiz oldida ko'proq hujum tashkil qilishdi. So'nggi daqiqalardagina biroz erkin o'ynadik. Buni nima bilan izohlaysiz?
- Ikki xil taym bo'ldi. Birinchi taymda ularga pressing qildik va gol kiritdik. Albatta, oradagi farqni qisqartirish uchun raqibimiz katta kuch bilan oldinga o'tdi. Keyinchalik, yana ustunlikni qo'limizga oldik. Zaxiradan tushganlar ham o'yinni kuchaytirishga yordam berdi.

- Ko'ryapmizki,jamoadagi futbolchilarni o'ziga bo'lgan ishonchi o'ta yuqori. Bu musobaqa davomida halal bermaydimi? Har narsada meyor bo'lgani maqul menimcha...
- Bizda jamoaviy futbol shakllangan deya olaman. Futbolchilar maydonda hamjihatlikda to'p tepishadi. “Bunyodkor” yoki “Paxtakor” degan narsa yo'q. Barchamiz bir oilamiz.

- Keyingi yili Osiyo chempionati yurtimizda bo'lib o'tishini inobatga olsak, Saudiya mezbonlik qiladigan musobaqada jamoa nima maqsadda ishtirok etadi?
- Ko'pgina tanishlarimiz, do'stlarimiz shunday savol bilan murojaat qilishmoqda. Oldindagi turnir keraksiz demagan bo'lardim. CHunki, Osiyo chempionati mamlakatimizga bejiz berilmaganini ayrim insonlarga va muxlislarga isbotlamoqchimiz.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика