So’nggi yangiliklar

09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  0 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  4 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  6 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2

Ibrohim Ibragimov: "Xitoyni 3:1 emas, 5:1, 6:1 hisobida ham yutishimiz mumkin edi" Yangiliklar

Ibrohim Ibragimov: "Xitoyni 3:1 emas, 5:1, 6:1 hisobida ham yutishimiz mumkin edi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Xitoyda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.

Timur Kapadze shogirdlari kecha Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi (3:1). Mazkur uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimovning fikrlari bilan qiziqdik.


- Xitoy bilan o'yin haqida...

- O'yin yaxshi o'tdi. Birinchi bo'limda raqib chuqur himoyalandi. Biz esa ikki xil tarkibda maydonga tushdik. Murabbiyimiz barchaga imkoniyat berdilar. Ikkinchi bo'limda o'yin ochildi. Golli vaziyatlar ko'paydi. Xitoyni 3:1 emas, 5:1, 6:1 hisobida ham yutishimiz mumkin edi. 

- Qirg'iz Respublikasi bilan o'yinga qaraganda farq nimada bo'ldi?

- Xitoy qiziqarliroq jamoa ekan. Faqat realizaciyada oqsayapmiz. Hamma raqibni hurmat qilamiz. Yigitlar bor kuch bilan harakat qiladi. 

- O'zbekistonga qarshi ko'p jamoalar himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda. Murabbiylar bu borada qanday ko'rsatmalar beryapti?

- To'g'ri aytdingiz. Himoyaviy o'yin taklif qilmoqda. Mashg'ulotlarda ishlayapmiz. CHuqur himoyalangan raqibga qarshi doim qiyin. Ochiq o'yinga qaraganda bu ancha murakkabroq. 

- U-20 terma jamoasidan kelgan yangi futbolchilar qay darajada kirishib ketishdi?

- Yaxshi, o'zlarini ko'rsatishmoqda. Mahmud, Umarali, Saidafzalxon tez kirishib ketishdi. Aka-ukadek bo'lib ketganmiz. Mahmud, Umarali gol urishdi. Ikkinchi o'yinga tayyorgarlikni boshlaganmiz. Birinchi o'yinga qaraganda qiyinroq bo'lishi tabiiy. CHunki bizni ko'rdi, o'rgandi. G'alaba uchun maydonga chiqamiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика