Ibragimovich yana ECHL titulisiz qoldi
08 dek 2021 08:35
Yangiliklar
Ibragimovich yana ECHL titulisiz qoldi
CHempionlar Ligasi 6-turida “Milan” o'z maydonida “Liverpul”ga imkoniyatni boy berib, evrokuboklardagi ishtirokini erta yakunladi.
“Rossonerilar” forvardi Zlatan Ibragimovich bu mavsum ham CHempionlar Ligasini yutish imkonini qo'ldan chiqardi.
40 yoshli shved musobaqada 7 ta klub (“Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “Milan”, PSJ va MYU) safida 16 mavsumni o'tkazgan. U ECHLda 124 o'yinda qatnashib 48+28 natijaga erishgan.
Fikrlar