Ibragimovich yana bir nechta uchrashuvni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
30 dek 2020, 21:00
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich noyabrda olgan jarohatidan so'ng, tiklanish jarayonlarini olib bormoqda.

39 yoshli shved yaqin orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Uning o'zi yanvar o'rtalarida maydonga qaytishiga umid qilmoqda. 

Shu tariqa, Ibra “rossonerilar”ning bo'lajak 4 bahsini o'tkazib yuboradi va 18 yanvar kuni “Kalyari” qarshi uchrashuvgacha jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia