Ibragimovich: "Shvetsiyada katta mas'uliyat yo'q, chunki men jamoada emasman"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2018, 14:01
Shvetsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich JCH-2018dan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"Jahon chempionatida o'ynash uchun hamma narsa qilgan bo'lardim, biroq bu turnirda eng yaxshilar yig'ilganiga ishonaman. Bir necha yil avval mundialda ishtirok etganman va bu futbolchining faoliyatida sodir bo'ladigan eng yaxshi voqealigini bilaman.

Shvetsiya terma jamoasidagi kim bilandir kelishmovchilik? Futbolchilar bilan emasligi aniq, Shvetsiya futbol federatsiyasidagilar bilan. Chunki ular kim murabbiy bo'lishini aniqlashadi. Milliy jamoaga nima deyman? Shunchaki o'yindan rohatlaning, siqilmang. U yerda emasman!

Shvetsiya terma jamoasida hozir katta mas'uliyat yo'q deb o'ylayman - chunki men Rossiyaga bormadim. Terma jamoada bo'lsam, har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak! Shunchaki bu qonimda bor - hammasini yutishni istayman. Aynan shu uchun shug'ullanaman. Masalan, Germaniyani nega mashina deyishadi? Ular doimo yaxshi o'ynashadi, tarkibda fantastik futbolchilar to'lib yotibdi. Terma jamoada yulduzlar bo'lishi kerak - aynan shu jamoani kuchaytiradi. Shu jihat tufayli Germaniyani yetakchi deb hisoblashadi, bu jamoaning darajasi hech kimni hayron qoldirmaydi" - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com