Ibragimovich o'zining orzu jamoasini taqdim etdi, ammo...
08 iyu 2019 15:52
Yangiliklar


Ibragimovich o'zining orzu jamoasini taqdim etdi, ammo...
Hujumchi Zlatan Ibragimovich orzu jamoasining navbatdagi sonini havola qildi.
U bu tarkibga 11ta Zlatanni kiritdi.
"Barcha davrlardagi jamoam. Faqatgina murabbiyni aniqlash qoldi. Balki u Zlatan bo'lar", - deb yozgan shveciyalik.
37 yoshli Ibragimovich faoliyati davomida "Los Anjeles Gelaksi"dan tashqari "Malmyo", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ va MYU klublarida to'p surgan.
Futbolchi yakunlangan mavsum AQSH chempionatida 15ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 3ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar