Ibragimovich: "Oltin to'p"ni yutishim qiyin, chunki jahon chempionatida o'ynamadim"
31 okt 2014 10:55
Yangiliklar


Ibragimovich: "Oltin to'p"ni yutishim qiyin, chunki jahon chempionatida o'ynamadim"
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Oltin to'p" uchun 23 davogar safidaligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"O'ylashimcha, men faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumimni o'tkazdim. Maqsadlarimdan biri - yildan-yilga o'sib borish. Men "Oltin to'p" uchun nomzod bo'ldim, ammo uni qo'lga kiritish qiyin bo'ladi, chunki men jahon chempionatida ishtirok etmadim. SHu sababli boshqa futbolchilarda katta ustunlik bo'ladi.
Ammo men hozir faqat ijobiy natijalar ko'rsatib, yaxshi o'yin namoyish eta olaman va sovrinni qo'lga kiritishga umid qilaman. Xar kungi mashg'ulotlarimni davom ettiraman" - deydi futbolchi.

Fikrlar