Ibragimovich: "Oltin to'p" - bor-yo'g'i xonaning bezagi"
08 iyu 2016 10:10
Yangiliklar
Ibragimovich: "Oltin to'p" - bor-yo'g'i xonaning bezagi"
SHveciya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zi qo'lga kirita olmagan "Oltin to'p" sovriniga bo'lgan munosabati haqida gapirib berdi.
"Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmaganimdan afsuslanmayman, odamlar bu haqida juda ko'p gapirishadi. Ammo g'alabalar futbolchini o'zgartirmaydi. Bu mening falsafam.
CHempionlar ligasidagi g'alaba meni o'zgartirmagan bo'lardi. "Oltin to'p" ham shunday - bu sovrin faqat xonaning bezagi va u doim ham eng yaxshi futbolchiga topshirilavermaydi" - deydi Ibragimovich.
Fikrlar