Ibragimovich: "Moldaviya bilan o'yin oson bo'lmadi"
28 mar 2015 13:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/167106_original.jpg)
![](/upload/storage/167106_220.jpg)
Ibragimovich: "Moldaviya bilan o'yin oson bo'lmadi"
SHveciya terma jamoasi sardori Zlatan Ibragimovich Moldaviyaga qarshi Evro-2016 uchrashuvi (2:0) haqida o'z fikrini bildirdi.
"Kutganimizdek, o'yin oson bo'lgani yo'q. Moldaviya terma jamoasi yaxshi himoyalandi va birinchi bo'limda tartibli o'yin ko'rsatdi. Maydondagi vaziyatni gol o'zgartirdi. Raqib muvozanatni tiklashga urindi va bizda qarshi hujumlar uchun yaxshi imkoniyatlar paydo bo'ldi.
O'z maqsadimizga erishdik - g'alaba qozondik va uch ochkoga ega bo'ldik. Penaltiga keladigan bo'lsak o'sha vaziyatni eslay olmayman" - deydi Ibragimovich.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar