Ibragimovich "Milan"ning bir necha o'yinlarini o'tkazib yuboradi
08 fev 2022 00:13
Yangiliklar
Ibragimovich "Milan"ning bir necha o'yinlarini o'tkazib yuboradi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jarohatidan forig' bo'lish jarayonini davom ettiradi.
"Football Italia" xabariga ko'ra, 40 yoshli forvard jamoaning yaqin 1-2 haftadagi uchrashuvlarida qatnashmasligi kutilmoqda. Biroq uning qachon safga qaytishi aniq emas.
SHvedning "Milan" bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi. U ushbu mavsumda 19 o'yinda qatnashib, 8 gol va 2 assist qayd etdi.
Fikrlar