Ibragimovich Ispaniyaga qaytishini elon qildi
29 okt 2019 17:32
Yangiliklar


Ibragimovich Ispaniyaga qaytishini elon qildi
"Los Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovich Ispaniyaga qaytishini elon qildi.
- Salom, Ispaniya! Topingchi nima? Men qaytmoqdaman! - deb yozgan Ibragimovich o'zining "Instagram" sahifasiga qo'ygan videosida.
Eslatib o'tamiz, Ibragimovich 2009-2011 yillar davomida "Barselona" tarkibida o'ynagan.
38 yoshli shved futbolchisining Kaliforniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2019 yil 31 dekabrda o'z yakuniga etadi.
Zlatan "Barselona" va "Los Anjeles Gelaksi"dan tashqari "Malmyo", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Yuventus", "Milan", PSJ va "Manchester Yunayted" jamoalari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar