Ibragimovich eng yaxshi ko'rgan futbolchisini aytdi
13 dek 2019 19:14
Yangiliklar


Ibragimovich eng yaxshi ko'rgan futbolchisini aytdi
Ushbu yil yakunlanganidan keyin "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etadigan Zlatan Ibragimovich o'zi yaxshi ko'radigan futbolchi haqida gapirdi.
"Mbappe diqqatni o'ziga tortdi. Hozirdanoq superyulduzga aylangan futbolchi o'zi ustida ishlashda davom etadi degan umiddaman. Kilianda g'oliblik hissi saqlanib qolmoqda. Endi u biroz sovuqqonlikni oshirib, oddiy bo'lmagan harakatlarni ko'paytirishi kerak.
Ronaldo davrida barcha unga o'xshashni istardi. Endi mening sevimli futbolchim - Mbappe. Qolganlar men uchun uning fonida bo'lib qoladi", - dedi Ibragimovich.
Ushbu mavsumda 20 yoshli Mbappe barcha turnirlarda 15 o'yinda qatnashib, 12 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar