Ibragimovich "Ayaks"ga qaytishga qarshi emas
15 iyu 2019 11:36
Yangiliklar


Ibragimovich "Ayaks"ga qaytishga qarshi emas
Afsonaviy shveciyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Ayaks" borasida berilgan savolga ijobiy javob qaytardi.
37 yoshli futbolchi hozirgi kunda "Los Anjeles Gelaksi" klubi sharafini himoya qilmoqda.
"Sobiq klubimga qaytmasligim mumkin, ammo faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng "Ayaks" menejeri bo'lishim mumkin. Men u erda o'tirgan hozirgi odamdan ko'ra yaxshiroq ish qilgan bo'lardim", - deydi Zlatan.
Zlatan faoliyatini "Malmyo"da boshlagan. U AQSH klubiga qadar "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ va "Manchester Yunayted" klublarida o'ynagan. SHveciya terma jamoasida esa 2001-2016 yillarda harakat qilgan.
Futbolchi yakunlangan mavsum AQSH chempionatida 15ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 3ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar