Ibra qatorasiga 23 mavsumdan buyon gol uryapti
22 sen 2020 01:40
Yangiliklar


Ibra qatorasiga 23 mavsumdan buyon gol uryapti
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyati davomida qatorasiga 23 mavsumdan buyon gol urishning uddasidan chiqmoqda.
SHveciyalik futbolchi A seriya 1-turida “Bolonya”ga qarshi bellashuvda raqib posbonini ikki bor ranjitdi. “Milan” hujumchisi bungacha “Malmyo”, “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, PSJ, “Manchester Yunayted” va “Los Anjeles Gelaksi” tarkibida ham gollar urishga erishgan.
Ibragimovich 2020 yilning yanvarida “Los Anjeles Gelaksi”dan “Milan”ga erkin agent sifatida ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsumda 38 yoshli hujumchi Italiya A seriyasida 18 ta uchrashuvda (16 ta uchrashuvda asosiy tarkibda) maydong tushib, 10 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar