So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  15 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  22 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

Hujumchilarni yo'qotmang... Yangiliklar

Hujumchilarni yo'qotmang...

So'nggi yillarda futbolimizda hujumchi muammosi haqida ko'p gapirilmoqda. Bu mavzuda gapirishni dundirayotgan mutaxassislarimiz nega muammoni bartaraf eta olishmayapti?
Oliy liga jamoalarimizning qay bir murabbiyidan hujumchi borasida gap ochmang, hammasi bu muammoni qanchalik dolzarbligi va haqiqiy hujumchi etishib chiqmayotganini takidlashadi. Lekin ular bu muammoni echimi haqida ham bosh qotirishmoqdami? Bu savol ham anchagina dolzarb savol bo'lsa kerak. Hozircha hech bir murabbiy bu muammoni bartaraf etish uchun qattiq kirishmagani aniq. SHunchaki gap kelganda yoki jamoasi o'yin davomida bir qator vaziyatlarni ko'kka sovurib kerakli natijani qayd eta olmaganida hujumchini eslab qolish va hujumchi muammosi o'zbek futbolidagi og'riqli nuqtaga aylanib borayotganini takrorlash bilan ish bitmaydi.

So'nggi yillarda bir qancha futbolchilar, yani hujumchilarni istedodli va kelajagi bor deb gapirilgandi. Bularga bir nazar solib chiqamiz. "Metallurg"da porlagan Kamol Murzoev, "Paxtakor"da shov-shuv ko'tarib chiqqan Sanat SHixov, "Nasaf"da 9-raqamning munosib o'rinbosari topildi deb baralla aytilgan Ilhom SHomurodov, "Navbahor" safida paydo bo'lgan Abdumalik Abdullaevchi? Bu ro'yxatni uzoq davom ettirsa bo'ladi. SHunchaki misol tariqasida ushbu nomlar keltirildi. Hozir sanab o'tilgan futbolchilar hali ham Oliy ligada to'p tepishmoqda. Ularni  haqiqiy goleador hujumchi bo'lib etishishdi deb ayta olamizmi? Yo'q albatta. Bu gaplarni futbolchilarning o'zlari ham inkor etishmasa kerak. Endi savol tug'iladi, nega?

Ushbu savolga javob izlash kerak. Masalan Kamol Murzoev "Metallurg"da hujumchi sifatida o'sdi va keyin "Mashal"ga yo'l oldi. Sal vaqt o'tib Futbolchi "Nasaf"da paydo bo'ldi. Bu orada Kamol Murzoev "Dinamo Kiev"da ham bo'lib qaytdi. Keyinchalik Murzoev "Bunyodkor"da paydo bo'ldi. Qaysi jamoa murabbiyi bu futbolchi haqida gapirmasin, naqadar intiluvchan va yuqori mahorat sohibi ekanligini takrorlashdan charchamasdi. Murzoevni Viktor Kumikov ham, Skolari ham juda ko'p maqtagan. "Nasaf"da ishlab ketgan Anatoliy Demyanenko ham Ilhom SHomurodovga juda ko'p iliq tariflar berardi. Zikodek mutaxassis ham yurtimizda faoliyat yuritib ketgandi. Lekin shu nomlar futbolimizga nima bera oldi? Qaysi futbolchini kashf etib ketdi? Demyanenko Ilhom SHomurodovni maqtashni dundirardi. Lekin futbolchini hujumchi sifatida shakllantira oldimi? Ilhom SHomurodov ko'p o'yinlarda qanot futbolchisi rolida harakat qilgan. Yani Ilhom SHomurodov sof hujumchi sifatida o'ynamasdi. Murabbiy uni shunchaki o'z o'yin uslubi moslashtirib o'ynatgan. Kamol Murzoev ham ko'pincha hujumchi ortida o'ynagan. Murzoev maydonda juda ko'p harakatlanadi va jamoasi foydasi uchun qora mehnatni amalga oshiradi. Muxlislar esa bu futbolchini hujumchi sifatida bilishadi va undan gollar kutishadi. Bu to'g'ri albatta. Lekin bizdagi aksar murabbiylarga hujumchini jarima maydonchasi ichidagi harakati emas, balki butun maydon hududi bo'ylab ishlatish yoqadi. SHundagina futbolchining o'yinidan ko'ngillari to'ladi. Bu orada esa biz hujumchilarni kashf eta olmay yuramiz. Hujumchi o'zining asosiy ishini emas, jamoasi manfaati uchun maydon bo'ylab sheriklariga yordam berishni o'ylashga majbur. Bo'lmasa joyi zaxira o'rindig'iga ko'chishi muqarrar.



Aytishlari mumkin, hujumchi ham boshqalardek birdek ter to'kishi kerak deb. Lekin kechirasiz, haqiqiy goleador, gol isini sezuvchi hujumchilarning joyi raqib jarima maydonchasi ichida. Hujumchi butun 90 daqiqa davomida bekor yurishi mumkin, lekin kerakli pallada o'z so'zini aytishi lozim. Biroq bizda ko'pgina murabbiylar asosan jamoaviy o'yinni tashkillashtirishgan. Ularning o'yin suratida sof hujumchiga o'rin qolmayapti. Barcha hujumda, hamma himoda degan iboraga juda ko'p rioya qilib yuborishmoqda. Agarda shu ro'sinda ishlayverishsa, unda hujumchi muammosini har yutqizganda eslab turishlariga to'g'ri keladi. Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish kerak. Agarda sizga hujumchi kerak bo'lsa, unda uni izlang, tarbiyalang. Lekin hujumchini vinger, yoki hujumchi ortidagi futbolchi sifatida gavdalantirib uni asl ishini unutib qo'yishiga yo'l qo'ymang.



Misol uchun Filippo Inzagi, Raul Gonsalez, Patrik Klyuyvert, Miroslav Kloze, Rud van Nistelrooy kabi futbolchilarni gol mashinasiga qiyoslashadi? CHunki ularni asosiy ishi gol urish bo'lgan va maydonning boshqa qismlarida ortiqcha kuch sarflashmagan. Ularni fikru-hayolida raqib darvozasini "o'qqa" tutish bo'lgan. Yoki Oliy ligamizdagi sobiq "snayperlarimiz" Zafar Xolmurodov, Umidjon Isoqov, Baxtiyor Hamidullaev, SHuhrat Mirxoldirshoev, Anvar Soliev, Anvar Berdievlarni yodga olamiz. Ularni hech bir murabbiy poziciyasini o'zgartirmagan yoki o'z uslubiga moslab o'ynatmagan. Balki ularni o'yiniga qarab jamoa tuzgan va shu yo'lda kerakli natijalarga erishgan. Haqiqiy hujumchi hech bir jamoada ortiqcha bo'lib qolmaydi.



Yaqinda bo'lgan voqea. O'tgan mavsum boshida Myunxenning "Bavariya" jamoasiga ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola bosh murabbiy etib tayinlangandi. Gvardiola kelganidan so'ng jamoa hujumchisi Mario Manjukichni qanotda vinger sifatida o'ynatmoqchi bo'ldi. Biroq Hujumchi bu joyda o'ynay olmasligini va hujum chizig'ida qo'ysa o'ynashini bildirdi. Orada futbolchi va murabbiy o'rtasida nizo kelib chiqdi. Natijada Mario Manjukich zaxira o'rindig'iga o'tkazildi. Lekin Gvardiola o'tgan mavsumdagi juda ko'p o'yinlarda Mario Manjukichning xizmatlariga murojaat qilishga majbur bo'ldi. Yani jamoaning ishlari yurishmayotgan paytda Mario Manjukich zaxiradan maydonga tushdi. Eng qizig'i, Mario Manjukich zaxiradan maydonga tushib jamoasining 16 uchrashuvida g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan Mario klub oldidagi o'z vazifasini bajardi. Xosep Gvardiolaning ilk mavsumdagi chempionligi so'zsiz Mario Manjukichning xizmatlariga borib taqaladi. Lekin futbolchi vinger sifatida o'ynashni istamadi va zaxirada ham qolib ketishga rozi bo'lmadi. Keyingi mavsumda Mario Manjukich "Atletiko"da paydo bo'lganini barcha biladi. Aytmoqchi bo'lganim, Mario Manjukich o'z poziciyasini o'zgartirmay to'g'ri qildi. Barcha o'z ishini qilishi kerak. Hujumchi sal "egoist" bo'lishi kerak. Murabbiy keladi-ketadi, futbolchi o'z o'yinini yo'qotib qo'ymasligi darkor. Hujumchi degani bir mavsum hujumchi ortida yoki maydonda boshqa vazifani bajarsa, keyingi yili unda gol urishga bo'lgan chanqoq qoladimi? Bir yil osh emay yursangiz, unda og'zingizda oshni tami qoladimi? Bu ham shunga o'xshash holatlardan biri. Bizda hujumchi yo'q deb jar solishni kamaytirib, ularni izlaylik. Bor hujumchilarimizni ham boshqa poziciyada sinab ko'rib ularni yo'qotmaylik. O'zimiz qidirib, o'zimiz hujumchilarni kashf etmasak, bizga hech kim ularni topib bermaydi. Xoh Skolari keladimi, xoh Demyanenkomi. Ular keladi, ishlaydi va pulini olib ketadi. Natija ko'rsatishidan qatiy nazar.
 
Bizda yaxshi hujumchilar bor, shunchaki ularni to'g'ri yo'lga yo'naltirishimiz kerak. Masalan Igor Sergeev, SHahzod Nurmatov, Temurxo'ja Abduxoliqov singari yaxshi futbolchilarimiz bor. SHunchaki ularni "vinger" sifatida emas, hujumchi rolida ko'proq o'ynataylik.
Keyin yana bir iltimos, o'sib kelayotgan yosh avlodga (hujumchi) murabbiylari faqat "pas oshir", "to'pni sheriginga uzat", "ko'p aldama" deb futbolchilarimizni qo'rqoq qilib tarbiyalamaylik. O'ynasin, xato qilishdan qo'rqmasin. To'pni tezroq oshiray, xato qilmay degan qo'rquvni yo'qotsin. SHunda bizda ham yaxshi futbolchilar, hujumchilar etishib chiqadi Xudo xohlasa!
Salomat bo'ling!

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика