Hussayn Amotta: "Jamoam oldida shlyapamni echaman"
17 mar 2015 23:38
Yangiliklar


Hussayn Amotta: "Jamoam oldida shlyapamni echaman"
Hussayn Amotta: "Avvalo g'alaba qozonganimizdan juda mamnunman. Futbolchilar chempionatdagi mag'lubiyatdan so'ng xarakter ko'rsata olishdi va muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Men jamoamni oldida shlyapamni echaman. Futbolchilarimiz so'nggi paytlarda biroz charchab qolishgandi. Lekin shunga qaramasdan bugun juda chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Guruhdagi o'z imkoniyatlarimizni yaxshilab oldik. Bugungi bellashuvda Grafite juda yaxshi o'ynadi va haqli ravishda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bizda raqobat juda kuchli va tarkibdagi barcha futbolchilarga iloji boricha imkoniyat berishga harakat qilamiz".
Grafite ("Al Sadd" futbolchisi): "Meni eng yaxshi futbolchi deb topishganidan xursandman. Lekin bu nafaqat mening, balki butun jamoaning mehnati samarasi bo'ldi. Eng yaxshi futbolchi deb topilishimda jamoadoshlarimning xizmati juda katta bo'ldi", - deydi braziliyalik hujumchi.

Fikrlar