Husniddin Nishonov: "O'yinni o'zgartira oldik va vaziyatdan chiqib ketdik"
15 sen 2024 00:38
Yangiliklar


Husniddin Nishonov: "O'yinni o'zgartira oldik va vaziyatdan chiqib ketdik"
Terma jamoamiz azosi Husniddin Nishonov Jahon chempionati 1-tur O'zbekiston - Niderlandiya (3:3) uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Bu bor-yo'g'i birinchi o'yinimiz edi, muhimi o'yinni o'zgartira oldik va qiyin vaziyatdan chiqib ketdik. Bilaman, muxlislarimiz g'alaba kutishgandi, biz ham g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Xatolarga ham yo'l qo'ydik, ushbu xatolarga to'g'rilaymiz. Nasib qilsa, keyingi uchrashuvda o'zimizning haqiqiy kuchimizni ko'rsata olamiz. Bugun ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Yaxshi o'yin va qiziqarli o'yin o'tkazdik. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat" - deya fikr bildirdi Husniddin Nishonov bugungi uchrashuv haqida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar