Husniddin Nishonov: "Biz Eron termasini anchadan beri kutyapmiz"
24 sen 2021 00:05
Yangiliklar
Husniddin Nishonov: "Biz Eron termasini anchadan beri kutyapmiz"
Jaxon chempionati 1/8 finali doirasidagi O'zbekiston - Eron o'yinidan oldin, termamiz futzalchisi Husniddin Nishonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ertangi o'yinga tayyorgarligimiz juda yaxshi, kayfiyat alo darajada. Biz Eron termasini anchadan beri kutyapmiz. Sababi, o'zimiz tarixni yangilash niyatidamiz. Mahalliy chempionatimizga etiborni kuchaytirishimiz lozim. AGMK, "Paxtakor" va yaqinda bular orasiga qo'shilgan "Xuaxin Jizzax" kabi kuchli jamoalar ko'payishi kerak deb o'ylayman. Har yili uchta emas, ko'proq jamoa chempionlik uchun kurashsa, bu terma jamoaning yanada kuchliroq bo'lishiga zamin yaratadi, milliy jamoaga yosh o'yinchilar etkazib berish ham ko'payadi", -deydi Husniddin Nishonov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Eron termalari o'rtasidagi o'yin 24 sentyabr kuni 19:30da start oladi.
Fikrlar