So’nggi yangiliklar

12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  0 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  0 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  8 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  11 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  2 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  15 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  5 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  54

Husniddin G'ofurov: Serbiyada legionerlarga oson emas Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: Serbiyada legionerlarga oson emas

Serbiyaning "Yavor" klubida o'ynayotgan Husniddin G'ofurov intervyu berdi.

- Husniddin, Voyvodinaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?

- Ochig'i, bu savolga hozirgacha javob topa olmayapmiz. O'yinni yomon boshlamagan edik. Lekin o'z xatoimiz evaziga to'p o'tkazib yubordik. Aslida bu uchrashuvda kamida durangga haqli edik. SHu o'rinda raqib jamoaning kuchli ekanligini ham etirof etmay iloj yo'q. Voyvodina Evropa Ligasida muvaffaqiyatli odimlayapti. Italiyaning Sampdoriya klubini safarda 4:0 hisobida mag'lub etganining o'zi u qanday salohiyatga ega ekanligidan dalolat.

- Avvalgi o'yinlar bilan taqqoslaganda bu safar maydonda bir bo'lim davomida harakat qildingiz. Bosh murabbiy zaxira olinishingiz sabablarini aytdimi?


- Menimcha, o'yinim qovushmagani uchun boshqa futbolchiga almashtirdi. Tan olish kerak, o'sha kuni omad kelmadi. Qolaversa, chap qanot himoyasida o'ynayotgan jamoadoshim bilan ham kelisholmay qoldim.

- Bunga nima sabab bo'ldi?


- Aksariyat chempionatlardagi kabi Serbiyada ham legionerlarni xushlashmaydi. Balki shuning uchun mahalliy futbolchi bilan chiqisha olmay qolgandirman. Yanglishmaydigan insonning o'zi yo'q. Bitta xatoga yo'l qo'ysangiz, darrov gapirishadi. Mahalliy futbolchi ana shunday xatoning 10tasini qilsa ham lom-mim deyishmaydi.

- Klubingizda legionerlarga munosabat yaxshi emasmi?


- SHunday desa ham bo'ladi. Jamoaning tajribali, yoshi katta futbolchilari gapirsa alam qilmaydi. Lekin o'tengdoshlaring etiroz bildirsa, bunga chidash qiyin

- Mazkur masalada bosh murabbiy bilan gaplashdingizmi?


- Hozircha bunday qilmadim. Lekin holatni shundayligicha qoldirib bo'lmaydi.

- Bu mavsumdan yana Serbiy oliy ligasida qatnashyapsizlar. Dastlabki ikki turda g'alabaga erishdinglar. Muvaffaqiyat har doim yoqimli tatisa kerak?


- Albatta, bundan juda xursandmiz. Kuchlilar safiga bir yilning o'zidayoq qaytganimiz yaxshi bo'ldi. Ayniqsa, ilk turdagi uchrashuvimiz ancha murakkab kechdi. Ikkala jamoa ham qiynaldi. Ushbu uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritganimiz bizga keyingi o'yinda qo'shimcha kuch bag'ishladi. SHu bois, 2-tur bahsida ortiqcha qiyinchiliksiz zafar quchdik. To'p nazoratida ham, xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirish bo'yicha ham ustunlikka erishdik. Bosh murabbiyimizni ham alohida etirof etish joiz. Jamoani ruhiy jihatdan tayyorlashda ustozimizning hissasi katta edi.

- Buni mavsum avvalidagi kutilmagan natijaga yo'yish mumkinmi yoki haqiqatan ham jamoa oldiga bu yil jiddiy vazifalar qo'yilganmi?


- Xabaringiz bo'lsa,joriy yildan Serbiya chempionati pley-off ko'rinishida o'tkazilyapti. Dekabrgacha 23ta bahsda maydonga tushamiz. Oldimizga qo'yilgan birinchi galdagi vazifa kuchli sakkizlikdan joy olish. Keyingi bosqichda esa sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettiramiz.

- Mavsumlar oralig'ida qanday o'zgarishlar ro'y berdi?


- Jamoani 5-6 nafar futbolchi tark etdi. O'z o'rnida 4-5 nafar yangi o'yinchilar qo'shildi. Murabbiylar shtabi ko'proq yoshlarga etibor qaratyapti.

- Yangi qo'shilganlar orasida legionerlar ham bormi?


- Ha, bir nafar xorijlik futbolchi keldi. Lekin unga yangi so'zini ishlatish unchalik ham to'g'ri emas. Zero, braziliyalik Elmar Silva avval ham Yavor sharafini himoya qilgan.

- Dastlabki ikki o'yinda ham boshlan-g'ich tarkibda maydonga tushdingiz. Birinchisida 71, ikkinchisida 57-daqiqada almashtirildingiz. Sizda o'sha paytda jarohat bormidi yoki murabbiy hujumni kuchaytirish maqsadida shunday yo'l tutdimi?


- SHukurki, jarohatim yo'q. Birinchi o'yinda charchab qoldim shekilli, murabbiylar buni anglagan holda almashtirishdi. Ikkinchi uchrashuvda zaxiradagi o'yinchilarga imkoniyat berish maqsadida shunday yo'l tutishdi. CHunki 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandik.

- Serbiya chempionati avvalgi yillar bilan taqqoslaganda kuchaygandek ko'rinyapti...


- Albatta. Buni ortda qolgan uchta tur o'yinlari ham ko'rsatib turibdi. Kutilmagan natijalar qayd etilyapti. O'ylashimcha, bu yilgi chempionat avvalgisi bilan taqqoslaganda ancha qiziqarli kechadi.

- Bosh murabbiy bilan munosabatingiz qanday?


- Ko'z tegmasin,jamoa ustozi bilan munosabatlarimiz yaxshi. Futbolchining vazifasi murabbiy tanlamasdan, maydonda borini berib o'ynash.

- SHartnoma qancha muddatga imzolangan?


- Yana bir mavsum o'ynayman.

- Hali ham bazada yashayapsizmi?


- Yo'q, alohida xonadon berishgan.

- Mavsumlar oralig'ida O'zbekiston klublaridan taklif tushmadimi?


- Hozircha oliy liga haqida o'ylayotganim yo'q. Serbiya chempionatida o'ynash orqali Evropaning kuchliroq chempionatiga o'tishni maqsad qilganman. O'ylaymanki, yaqin orada bu orzuyimga erishaman.
 


Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика