Ma'lum bo'lishicha Radiovoevich va Alimpievich hamyurtimiz Husniddin G'ofurov jamoasi bo'lmish “Yavor”dan kelgan. Yaqinda Husniddin bilan suhbatlashib, ushbu legionerlar haqida so'radik.
- Radiovoevich va Alimpievichning ayni paytda “Olmaliq” yig'inida ishtirok etayotganidan xabarim bor. Ular bilan o'zaro suhbatlashib turamiz – deydi G'ofurov. Hujumkor futbolchilar toifasiga kiradi. Ular bilan men yarim mavsum bitta klubda o'ynab, yaxshi saviyadagi futbolchilar ekanligini bildim.
- U xolda nima uchun “Yavor”ni tark etgan?
- Bu haqda aniq bir gap aytish qiyin. Tahminimcha ularning klub bilan tuzgan shartnomasi tugagan.
- Ularning saviyasi haqida nima deya olasiz?
- Ikkisi ham yuqori saviyadagi o'yinchilardir. Ayniqsa Radiovoevich haqida iliq fikrlarni aytishim mumkin. U terma jamoaga nomzod o'yinchilardan biri ekanligini ham so'zimga isbot bo'lsa ajab emas.
- Xabaringiz bo'lsa kerak, PFL legionerlar uchun ma'lum talablarni joriy etgan. Nima deb o'ylaysiz, serbiyalik futbolchilar mahalliy o'yinchilarimizdan bir bosh ustunmi?
- Ha, menimcha ustun.
- Aytingchi nima serbiyalik futbolchilar bizning klublarga o'tishga intilishmoqda?
- Bilmadim, to'g'risi...
- O'zingiz haqingizda nima deysiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Hozir kunda Serbiyada ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlik ko'rilmoqda. 23 fevraldan chempionatning ikkinchi qismi boshlanadi. Kuni-kecha sinov-nazorat o'yinida murabbiy meni ham maydonga tushirdi.
- Jamoada bosh murabbiy o'zgarganidan keyin qanday yangiliklarga guvoh bo'ldingiz?
- Yangi murabbiyning ham o'ziga yarasha qarashlari bor. Natijani yaxshilash uchun bir qator o'zgarishlarga qo'l urmoqda. Mashg'ulotlarda ham tabiiyki o'zgarish kuzatildi.
- Turnir jadvaliga e'tibor qaratadigan bo'lsak, “Yavor”ning 14-o'rindan joy egallab turganiga guvoh bo'lamiz. Bu ayni paytda jamoadagilarni qoniqtirmayotgan bo'lsa kerak?
- Albatta bundan hech kimning ko'ngli to'layotgani yo'q. Lekin oldindan bir qator o'yinlar turibdi. Aynan bo'lajak bahslarda kerakli ochkolarni jamg'arib, yuqori o'rinlardan joy egallashni maqsad qilganmiz.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.