Husniddin G'ofurov: "Oliy liga jamoasiga o'tmasligim aniq"
08 dek 2014 12:31
Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: "Oliy liga jamoasiga o'tmasligim aniq"
Evropadagi legionerimiz Husniddin G'ofurov ayni damda Toshkentda bo'lib turibdi.
Xabaringiz bor, 20 yoshli futbolchi Serbiyaning "Yavor" klubi azosi hisoblanadi. Yaqinda farg'onalik hujumchini yurtimizga qaytayotgani va oliy liganing biror-bir klubiga o'tish haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida uning o'zi bilan bog'langanimizda quyidagilarni takidladi:
- Bilasizmi hozir Serbiya chempionatida tanaffus. Birinchi davra o'yinlari o'z poyoniga etgan. SHu bois yurtimga qaytib keldim. Ayni damda Toshkentdaman. Kutilmaganda jarohat olib, safdan chiqqandim. SHundan keyin tabiiyki bir nechta mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Hozir hammasi yaxshi. Avvalgi sport formamga kirish uchun har kuni o'zim yakka tartibda shug'ullanyapman. Serbiyaga yangi yilda ketaman. O'zbekistonga qaytib, oliy liga jamoasiga o'tishim borasida men ham eshitdim. Lekin bu mish-mish. Evropada o'ynash ishtiyoqi kuchli. SHu bois yana "Yavor"ga qaytib ketmoqchiman, - deydi G'ofurov.

Fikrlar