Husniddin G'ofurov: "Bugun ishqibozlarimizni g'alaba bilan xushnud etmoqchimiz"
29 apr 2018 08:35
Yangiliklar
Husniddin G'ofurov: "Bugun ishqibozlarimizni g'alaba bilan xushnud etmoqchimiz"
“Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan “temiryo'lchilar” jamoasi yarim himoyachisi Husniddin G'ofurov o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
– Oldinda bizni qiziqarli uchrashuv kutmoqda. O'yinga jiddiy hozirlik olib bordik. Hozir Superliganing deyarli har bir o'yini principial ahamiyatga ega. SHu sababdan har bir bellashuvga imkon qadar puxta tayyorlanishga harakat qilyapmiz. Bugungi o'yinda ham maqsadimiz – faqat g'alaba qozonish. Jamoamiz ishqibozlarini chiroyli g'alaba bilan xursand qilmoqchimiz, – dedi mahoratli futbolchi klub rasmiy saytiga.
Takidlash joizki, “Lokomotiv” – “Paxtakor” to'qnashuvi soat 20:00da “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar