So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  152 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Husayn Norchaev: "Eng yaxshi yosh futbolchi bo'lishni niyat qilgandim. Kubok finaliga "Nasaf" chiqqanida boshqacha o'yin bo'lar edi" Yangiliklar

Husayn Norchaev: "Eng yaxshi yosh futbolchi bo'lishni niyat qilgandim. Kubok finaliga "Nasaf" chiqqanida boshqacha o'yin bo'lar edi"

Saytimiz talqiniga ko'ra bu yilgi mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida "Nasaf" jamoasi hujumchisi Husayn Norchaev etirof etildi.

Ro'ziqul Berdievning yangi topilmalaridan biri bo'lgan Husayn Norchaevning mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Odatdagidek dastlab mavsum haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Nasaf" uchun bu yilgi mavsum juda yaxshi o'tdi desam to'g'ri bo'ladi. CHunki, biz har tomonlama o'zimizni ko'rsata oldik. Uchta medalga ega chiqishimga kelsak, albatta bu yoqimli. Buning uchun klub rahbariyatiga, jamoadoshlarimga va murabbiylarimga rahmat aytaman.

-  Nima deb o'ylaysiz murabbiylar tomonidan berilgan imkoniyatdan qay darajada foydalana oldingiz?

- Bilasiz, men uchun bu yil debyut mavsum hisoblanardi. SHunga qaramasdan murabbiylar shtabi tomonidan menga yaxshigina imkoniyat taqdim etildi. Jamoadagi akalarim bu borada yordamlarini ayashmadi. Har bir o'yindan so'ng o'zim harakatlarimni qaytadan ko'rib chiqdim va xatolarimni ustida ishlashga harakat qildim. Bir so'z bilan aytganda men uchun bu yil yomon o'tmadi. 

- Saytimiz talqiniga ko'ra mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deya etirof etildingiz. Ushbu nominaciyada qaysi futbolchining g'olib chiqishini kutgan edingiz?

-  Avvalambor "Championat.asia" saytiga etirof uchun rahmat aytaman. To'g'risini aytsam mazkur sovringa ega chiqishni mavsum boshida niyat qilgandim. Menimcha, ushbu nominaciyada jamoamizning mahoratli darvozaboni Abduvohid Nematov g'olib chiqsa kerak deb o'ylagan edim.

- "Nasaf"ning O'zbekiston kubogidagi ishtiroki sizningcha qanday kechdi? Deylik, "Navbahor" bilan o'yin haqiqiy final maqomida o'tdi. Hattoki, finalda ham bunday muhitni ko'rmadik...

- Kubok bahslarida ham chiroyli o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. "Navbahor" bilan qiziqarli va shiddatli o'yin bo'ldi. Buning asosiy sababchilaridan biri muxlislardir. SHu kuni ishqibozlar stadionda ajoyib muhit yarata olishdi. Yakunda omad bizga kulib boqdi. 

- Agarda finalga "Nasaf" yo'l olganida balki "Paxtakor" bilan qiziqarli o'yin ko'rishimiz mumkinmidi? Xuddi Superliga doirasida Qarshida o'tkazilgan o'yin singari... 

- Balki finalga biz chiqqanimizda o'yin boshqacha bo'lishi mumkin edi. Biz juda ham istagandik, lekin AGMK bilan bahsda omad etishmadi. Futbolda gohida yutasiz yoki yutqazasiz, undagi jarayon shunisi bilan qiziq. 

- Muxlislarga yangi yil tilaklaringiz bo'lsa marhamat...

- Bizning sodiq muxlislarimiz yil davomida qanday holatda bo'lishimizdan qatiy nazar qo'llab quvvatlab turishdi. Ularga katta rahmat aytmoqchiman. Kirib kelayotgan yangi yil bilan O'zbekiston xalqini chin qalbimdan tabriklayman. Terma jamoalarimizga, klubimizga va barchamizga omadli kelishini tilab qolaman.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика