So’nggi yangiliklar

14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  8 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  4 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  5 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1

Husan aka Temirov 63 yoshda! Yangiliklar

Husan aka Temirov 63 yoshda!

Teglar :  Husan Temirov
Husan aka Temirov. Ustoz jurnalist. Butun umrini shu sohaga baxshida etgan inson.

U kishi jurnalist sifatida radioda, gazetada va televideniyada ham faoliyat yuritdi va yuritmoqda. Husan aka o'zining mehnati, kasbiga bo'lgan mehri evaziga katta hurmat va etirof sohibiga aylandi.

Tabiatan xushchaqchaq, ochiqko'ngil bo'lgan Husan akani  ustoz sifatida hammamiz hurmat qilamiz, ezozlaymiz. Futbolni chin dildan sevgan Husan aka hamon futboldan uzoqlashgani yo'q.  U kishi hozirgi kunda “Markaziy” stadionimizda suhandonlik qilib kelmoqdalar.

Husan aka Qashqadaryo teleradiokompaniyasida rahbarlik qilgan davrda,  futbol translyaciyalari va ko'rsatuvlar juda ko'p tashkil etilgan. U kishini aynan mana shu soha elga mashhur qildi.

Ustoz jurnalist futbol uchrashuvlarini sharhlaganlarida asosan muxlislar  dardini his etib, so'zlarni ham ular tushunadigan darajada ishlatganlar. U kishi futbolni  o'ziga xos  sharhlashi bilan futbol ishqibozlarining yodida qoldi.

Bugungi kunda Husan aka hayoti davomida orttirgan kasb mahoratini yoshlar bilan baham ko'rib kelmoqda. SHundanda u kishining shogirdlarini sanab adog'iga etish qiyin.

Husan akani futbol tarixining “jonli kitobi” deb, tariflasak aslo mubolag'a bo'lmasa kerak. CHunki, suhbat qilsangiz, gurung faqat futbol haqida bo'ladi. Zerikmaysiz. Husan aka Temirov 1972 yildan buyon futbol bilan yonma-yon, shundanda futbolga oid ko'plab tarixiy voqealarni biladilar.

Jamoamizda shunday inson mehnat qilayotganidan faxrlanamiz. Husan aka Temirovni muborak 63 yoshlari bilan klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari hamda barcha xodimlari nomidan muborakbod etamiz.

Husan aka avvalo sizga mustahkam sihat salomatlik tilaymiz. Oila azolaringiz, farzandlaringiz va bizning baxtimizga doimo sog' va omon bo'ling. Umringiz uzoq bo'lsin!

Muborak 63 yoshingiz qutlug'  bo'lsin!

 

“Nasaf” PFK jamoasi


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика