Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov "Turon"ga o'tdi
14 iyu 2021 21:40
Yangiliklar
Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov "Turon"ga o'tdi
Yaypanning "Turon" klubi ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi.
Yozgi transferlar vaqtida tarkibni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan "Turon" safiga Muborakning "Mashal" klubidan iqtidorli yarim himoyachi Sardor Abduraimov va hujumchi Humoyun Murtozaev kelib qo'shildi. Bugun futbolchilar klub rahbariyati bilan uchrashuvda rasman uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.
Malumot uchun, ikkala futbolchi bugunga qadar "Mashal", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari safida harakat qilgan.
Fikrlar