So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  13

Hujumchi gol urishi kerak Yangiliklar

Hujumchi gol urishi kerak

Po'latxo'ja Xoldorxonov tomon otilayotgan toshlar.

Xabaringiz bor ayni paytda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20  terma jamoasi Argentinada bo'lib o'tayotgan kichik mundialda ishtirok etmoqda. Termamiz ikki o'yinda 1 mag'lubiyat (Argentina 1-2) va 1 durang (Yangi Zelandiya 2-2) qayd etib hozircha jadvalda 3 chi o'rinda bormoqda. 


O'tgan ikki o'yindan so'ng eng ko'p tanqid qilinayotgan futbolchilardan biri terma hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov aslida ham tanqidlarga munosibmi?

Raqamlar aldamaydi (xeyterlar uchun).


Po'latxo'ja Argentinaga qarshi bahsda 77 va Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. FIFA taqdim qilgan malumotlarga ko'ra, hujumchi o'tgan ikki bahsdan keyin raqib darvozasi tomon eng ko'p (7 marotaba) zarba bergan.

Hujumchimiz shuningdek himoya va hujum zonasini bog'lash ko'rsatkichlari bo'yicha ham etakchilik qilmoqda. Xoldorxonov ikki o'yinda jami 39 marotaba bog'lamlarda ishtirok etgan. Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda maydonga ikkinchi hujumchi Rustam Turdimurodov tushirilgach Po'latxo'ja to'laqonli hujumlarni boshlash zonasiga ko'chirildi.


Tanqidlar o'rinlimi?

Albatta o'rinli. Hujumchi gollari bilan qadrlanadi, ammo zamonaviy futbolda pressingda yaxshi ishlaydigan, raqib himoya qo'rg'oniga doimiy bosim uyushtirishi natijasida hujumda sheriklariga bo'sh zonalar hosil qilishi bilan o'ta foydali hisoblanadigan forvardlar bor. Xoldorxonov shunday futbolchilar sirasiga kiradi. 

Erling Xoland “Real Madrid”ga qarshi (ECHL yarim finali) o'yinlarda gol ura olmadi, ammo uni hech kim tanqid qila olmadi. Tanqid qila olmasdi ham aslida. Negaki Xoland uyushtirgan bosim natijasida bo'sh zonalar ochilgan va Bernardo Silva bundan ustalik bilan foydalangandi. Xoldorxonov Gvatemalaga qarshi o'yinni zahirada boshlasin deguvchilar ortda qolgan Osiyo chempionatidagi Janubiy Koreya va Iroqqa qarshi o'yinlarni ko'z oldiga keltirsin.

 

Po'lat Qalandar hikoya qiladi.

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика