So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  4 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Hozir Tyago Alkantaraning ko'chasida bayram bo'lishi mumkin edi Yangiliklar

Hozir Tyago Alkantaraning ko'chasida bayram bo'lishi mumkin edi

Gap shundaki, bugun futbolchi o'zining tavallud kunini nishonlayapti.

Tyago Alkantara du Nasimento. Ispaniya terma jamoasi futbolchisini muxlislarning bir qismi ispan desa, boshqalar braziliyalik deydi. Qiziqarli tomoni shundaki, uning o'zi Italiyada tug'ilgan. Uning otasi Iomar du Nasimento yoki qisqacha Mazino A Seriyada to'p tepar edi. Bu voqea 1991 yilning 11 apreliga to'g'ri kelgan. 

Darvoqe, bugun “Tottenxem” xavbeki Bamideli Alli ham 24 yoshga qadam qo'ydi.

Alkantaraning faoliyatiga nazar tashlasak, u 2005 yilda “Flamengo” akademiyasidan “Barselona”ning bolalar jamoasiga kelib qo'shilgan. “Ko'k-anorranglilar”ning asosiy jamoasidagi debyuti 2009 yilning 17 mayiga to'g'ri kelgan (“Malorka”ga qarshi o'yin). 2010 yildan etiboran u asosiy jamoaga jalb qilindi. Keyingi mavsumda Pep Gvardiola 20 yoshli Alkantarani asosiy tarkibning to'laqonli azosiga aylantirdi(45 o'yinda 4 gol). 

Ispaniyalik mutaxassis 2013 yilda “Bavariya” boshqaruvini qo'lga olgach, jamoaga taklif qilgan ilk futbolchisi aynan Tyago bo'ldi. O'sha paytda Alkantara uchun MYU va “Real” ham davogarlik qilgan, ammo futbolchi sobiq ustozi bilan ishlashni avzal ko'rgandi. Futbolchi myunxenliklar uchun 25 million evroga tushgan.

U hamon “Bavariya” tarkibida muvaffaqiyatli to'p surib kelmoqda.

Statistikaga nazar solsak, “Barselona” uchun 100 o'yinda 11 gol, 20ta samarali uzatmaga mualliflik qilganiga guvoh bo'lamiz.

“Bavariya” tarkibida esa uning hisobida 227 o'yin, 31 gol va 37ta asist bor.

Tyago qo'lga kiritgan sovrilar bilan tanishing:

4 karra Ispaniya, 6 karra Germaniya chempioni;

2 karra Ispaniya, 3 karra Germaniya kubogi sohibi;

3 martadan Germaniya va Ispaniya superkuboklarida g'alaba qozongan;

2 karradan ECHL, UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibi va h.k.

Xullas, butun jahon ahlini qiynayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli Tyago ham o'z tavallud ayyomini avvalgidek dabdabali va keng miqyosda nishonlamasligi aniq. 

Buni sizga ham maslahat bermaymiz. O'zingizni va yaqinlaringizni asrang. Buning uchun, shunchaki, uyda qolish kifoya qiladi. Siqilmang, ahvol o'nglangach, bunday bayramlarning eng kattalari aynan sizning ko'changizda bo'ladi. #uyda qoling!


Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика