So’nggi yangiliklar

07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  0 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0

Hokimlarga murojaat! Vodiyni qanday qutqarish mumkin? Yangiliklar

Hokimlarga murojaat! Vodiyni qanday qutqarish mumkin?

Vodiy jamoalari ko'rpachani o'z tomonlariga tortish bilan ovora bo'lgan bir paytda, hududda kuchli futbol inqirozini kuzatayapmiz.

Bir paytlar neft topilmaguniga qadar arab davlatlari juda oddiy hayot kechirar edilar. Lekin neft otilib chiqqach, ularning hayotlari o'zgarib ketdi. O'zlashtirilmagan futbol, bu topilmagan neftga teng katta boylik aslida.


Keling batafsil tushuntirib beraman. Statistik malumotlar Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarining barini qo'shib hisoblaganda 10 000 000 nafarga yaqin aholi istiqomat qilishini ko'rsatadi. Bu, Tunis, Greciya, CHexiya, Portugaliya, SHveciya, Ozarbayjon, BAA kabi futboli rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar bilan bir xil degani. Serbiyadan 30%ga ko'p, Daniya, Irlandiya va Xorvatiyadan ikki, Urugvay va Qatardan uch barobar ko'p degani. Ko'plab yaxshi futbolchilar tarbiya topayotgan CHernogoriya va so'nggi Evro qahramonlari Islandiyadan 15 marotaba ko'p degani. Bu ko'rsatgichlar hech bo'lmasa Andijon, Farg'ona va Namanganning birinchi raqamli jamoalarini kuchlilar qatorida doimiy ravishda 5talikda yurishiga sabab bo'lishi uchun yaxshigina imkoniyatdir. Erinmasdan o'qiydiganlar uchun buning "recepti"ni maqola tarzda etiboringizga havola qilaman. SHarti shundaki voqealarga real baho beramiz va poytaxtdan chempionlik ortmaydi degan gaplarni gapirmaymiz. Paytida "Neftchi" ham, "Navbahor" ham O'zbekiston chempioni bo'lgan, o'shanda ham poytaxt Toshkent edi, o'shanda ham "Paxtakor" bor edi. O'shanda hakamlik bugungi kundan 5 marotaba batdarroq edi!


Lekin u davrda tizim bo'lgan va shu tizim asosida ko'plab futbolchilar tarbiya topgan. Hozir biz yo'qotib qo'ygan vodiydagi tizimimizni qayta tiklamasak, ertaga "Neftchi"ning holatiga "Navbahor" ham tushishi aniq. "Andijon" esa ancha avval inqiroz yoqasiga etib kelgan. Faqat rahbarlarni bu maqolaga achchig'i kelmasin. Taklif va dasturni taqdim etish mendan, vodiyni rivojlantirish esa Sizning qo'lingizdagi ish. 


Ishni nimadan boshlash kerak? Vodiyni uchta futbol associaciyalarini birlashtirib turish uchun yagona dasturga amal qiladigan loyihaga asos solish. Bu hech qanaqa O'FAga raqobatdosh tashkilot bo'lmaydi. SHunchaki vazifasi vodiy futbolida tizim yuritish. U nimalar bilan shug'ullanadi?


1. Bolalar futboli;

2. Murabbiylar malakasini oshirish;

3. Liga (kattalar, yoshlar va o'smirlar va bolalar);

4. Xalqaro, ichki va Respublika musobaqalarni o'tkazish;

5. Struktura;

6. Marketing.


1.5 yilga yaqin vaqtdan beri hududiy futbol associaciyalariga moliyaviy yordam ko'rsatilmayapti. Vodiydagi hududiy futbol associaciyalarining ham asosiy muammosi shunda. Mablag'ni yo'qligi natijasida kerakli kadrlarni ishga olib sifatli musobaqalarni o'tkazishni imkoni bo'lmayapti. Imkon qadar faoliyat yuritib turgan hududiy associaciyalar yuqorida men taklif qilayotgan tashkilot negizida moliyalashtirilishi kerak bo'ladi. Buning uchun avvalo 3ta viloyatning hokimlari loyihaga jiddiy qiziqish bildirishlari kerak. Lekin bu ularni shunchaki byudjet pullarini hisob raqamga o'tkazib berish bilan kifoyalanmasligi kerak. Marketing ishlashi va loyiha o'zini-o'zi taminlashi kerak bo'ladi. Lekin dastlabki ikki yil uchun investiciya juda ham kerak. 


3ta viloyat futbol federaciyalarining Vice-prezidentlari tashkilotni bahamjihatlikda rivojlantirishlari kerak. Buning uchun ular avvalo O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'FA bilan jiddiy ishlashlari kerak bo'ladi. Hududiy associaciyalar o'z-o'zidan O'FAga bo'ysunsa, barcha viloyatlardagi BO'SMlari vazirlik tasarrufidagi tashkilot hisoblanadi. Undan tashqari "Yoshlar Ittifoqi" ham bu loyihaning asosiy hamkorlaridan biri bo'lishi kerak. 


Bugungi kunda har bir tumanda bolalar va o'smirlar sport maktablari mavjud, yaniy BO'SMlar. Afsuski u erdagi sifat juda ham tushib ketgan. Standart maydonlariga ega bo'lishiga qaramay, qarovsiz ahvolda. Biz vazirlik bilan hamkorlikda birinchi bo'lib maydonlarni epaqayga keltirib olishimiz kerak va har bir BO'SMga malakali murabbiylarni jalb qilgan holda, ularni Evropa metodikasi asosida (aynan Evropa o'zimizniki emas) tahsil olishlarini taminlashimiz kerak. Bu kabi ishlar bilan aynan shu tashkilot shug'ullanadi va homiylik pullari asosida xorijdan yaxshi saviyadagi mutaxassislarni seminar treninglar uchun vodiyga olib kelish kerak bo'ladi. 


BO'SMlarni qayta tiklab olganimizdan so'ng musobaqalarni yo'lga qo'yishimiz kerak bo'ladi. Bular quyidagicha holatda bo'lishi kerak:


Yarim professionallar o'rtasida:

Vodiy ligasi: 12ta jamoa ishtirok etadigan Vodiy ligasini 2020 yil yo'lga qo'ysa bo'ladi. Buning uchun 2019 yil yakunlariga ko'ra Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yuqori 4ta o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar 2020 yil boshlanadigan liga yo'llanmasini qo'lga kiritadilar. SHu tariqa 12ta jamoa yangi ligada o'z faoliyatini boshlaydi. Yil yakuniga ko'ra so'nggi 2ta o'rinni egallagan klub yana o'z viloyati ligasiga yo'l oladi. Aksincha, 3ta viloyat 2-ligasida dastlabki ikkita o'rinni olgan jamoalar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan holda Vodiy ligasida bo'shab qolgan 2ta o'rin uchun kurash olib boradilar. Ilk mavsumda har bir viloyatdan 4tadan jamoa ishtirok etgan bo'lsa, keyingi yilda kuchiga qarab viloyatdagi jamoalar soni o'zgarib boraveradi. Bu superliga va PRO ligada moliyaviy imkoniyat tufayli qatnasha olmayotgan jamoalar uchun ayni muddao bo'ladi. Muhimi futbolchilarda o'yin amaliyotini bo'lishligi. 


Yoshlar musobaqasi.

U-19 Ligasi. Bu yoshdagi musobaqa 18 va 19 yoshli futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasida bo'lib o'tadi. Agar Vodiy loyihasi 2019 yildan boshlab amalga oshiriladigan bo'lsa 2022 yilga kelib mazkur musobaqaga asos solish mumkin. CHunki hozirda bu yoshda tavallud topgan jamoalar allaqachon o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarni yo'qligi tufayli tarqab ketgan. 


O'smirlar musobaqasi.

U-17 Ligasi. Bu yoshdagi musobaqa 16 va 17 yoshdagi futbolchilarni o'z ichiga oladi. Mazkur chempionat 2020 yildan boshlab amalga oshiriladi. U-19 kabi ayni paytda bu yosh avlod tarqab bo'lgan. Dastlabki mavsumda faqat 16 yoshli futbolchilardan iborat jamoalar qatnashsalar, 2021 yilga kelib musobaqa to'laqonli 16-17 yoshli futbolchilarni o'z ichiga oladi. Mazkur musobaqaga katta kelib qolgan futbolchilar superliga jamoalarining o'rinbosarlar ligasiga o'ta olmagan taqdirda o'z faoliyatini U-19da davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi. 


Bugungi kundagi og'riqli nuqtamiz aynan shu erda bo'layapti. Mingdan ortiq futbolchilarda 5-6 nafari yoshlar ligasiga tanlab olinadi qolgani uchun na musobaqa bor, na jamoa topiladi. U-17 va U-19 musobaqalarini tashkil qilish orqali qolgan 995 nafar (misol tariqasida) futbolchilarni ham saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lamiz. 17 yoshida ko'rinmagan futbolchi, 19 yoshida ochilib ketishi mumkin va bu isbotlanib bo'lingan. U-19dan keyin ham o'z baxtini yuqori klublarda topa olmagan futbolchi uchun esa 2 liga va Vodiy ligasi musobaqasi bo'ladi. Evropaning muvaffaqiyatiga asosiy sabab, futbolchining saviyasidan kelib chiqib musobaqalarning ko'pligida. Masalan Germaniyada 10dan ortiq, Italiyada 9ta, Ispaniyada ham shuncha liga mavjud. 4 ligadan boshlab esa ular hududlarga bo'lingan holda o'tkazilinadi.


Tartib bo'yicha keyingi musobaqalar quyidagicha ko'rinishda bo'ladi. Bu tartib 2019 yil amalda qo'llaniladi. Bugungi kunda vodiy chempionatlarini mavjud emasligi uchun BO'SM va aksar xususiy klublarda bir yosh toifasida to'liq tarkib yig'ib bo'lmaydi. SHuning uchun maxsus reglament ishlab chiqiladi. Masalan, U-15/14 ligasida 2003 va 2004 yillarda tug'ilgan futbolchilar qatnashadilar. Tarkibda 2003 yilda tavallud topgan futbolchilar soni 6 nafardan oshmasligi kerak. 2004lar istagancha bo'lishi mumkin. Huddi shunday tartibda qolgan 6ta yosh toifasi ham ikkiga bo'lingan holda musobaqada ishtirok etadilar. Bu tartib 2 yil amal qilinadi, toki vodiyning barcha jamoalarining har bir yosh toifasida futbolchilar soni tenglashib olmaguniga qadar. 2021 yildan etiboran esa reglamentga o'zgartirish kiritiladi. 


2019-2021 yillardagi musobaqalar toifasi:

U-15/14

U-13/12

U-11/10

U-9/8


2021 yildan etiboran musobaqalar toifasi:

U-15

U-14

U-13

U-12

U-11

U-10

U-9/8


Endi musobaqalar qay tartibda bo'lib o'tishiga oydinlik kiritib olamiz. Vodiyning uchta viloyati tuman va shaharlardan iborat. Vodiyda jami 40ta tuman, 7ta shaharni o'z ichiga olayapti. Bu esa 47ta hudud degani. 


Endi uy safar tizimidagi musobaqa tashkil qilish uchun masofalarga razm tashlaymiz. Vodiyning bir boshidan ikkinchisigacha bo'lgan eng uzoq masofa 225 kmni tashkil etar ekan. Agarda biz istayotgan yarim professional jamoalar o'rtasidagi musobaqaga Beshariq va Xonabod jamoalari chiqqan taqdirdagina shuncha masofa bosib o'tiladi. Agar 12ta jamoa ishtirok etadigan musobaqada bu hududlardan jamoalar bo'lmasa o'rtacha masofa 30 kmdan 170 kmgacha bo'lar ekan. Bu uncha katta bo'lmagan masofa. 


Vodiyning eng uzoq masofasi.

Beshariq (Farg'ona) - Xonabod (Andijon) 225 km

Pop (Namangan) - Xonabod (Andijon) 195 km


Viloyatlarning eng uzoq masofalari.

Andijon. Ulug'nor - Qo'rg'ontepa 102 km

Namangan. Pop - Uchqo'rg'on 97 km

Farg'ona. Quva - Beshariq 153 km


Endi bolalar futboli o'rtasidagi musobaqalarga etibor qaratamiz. U-8 - U-15 musobaqalari vodiyni qamrab olgani bilan, masofalar uzoq bo'lmaydi. Musobaqalar 3ta bosqichda o'tkazilinadi. U-11 - U-15 musobaqalari vodiy maqomida ochko berish tartibida. U-8 - U-10 esa viloyat miqyosida, festival ko'rinishida tashkil qilinadi. Tartib quyidagicha ko'rinish oladi. 


1-bosqich. Hududlarga bo'lingan holda o'tkazilinadi. Bunda eng uzoq masofa 40-50 kmni tashkil etadi. Bitta yakshanba o'z maydonida uy uchrashuvlarini o'tkazgan jamoa, keyingisida safarga chiqadi. SHu tariqa yakunda o'z hududida dastlabki 2ta o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichiga yo'l oladi. 1-bosqichda jamoalar soniga qarab tur o'yinlari tashkil qilinadi.


2-bosqich. Hudud g'oliblari moliyaviy holatdan kelib chiqib bir marotabadan o'z maydonlarida tur o'yinlarini qabul qiladilar. Yosh toifasiga qarab mezbon stadionlar aniqlanadi. Yakunda 2-bosqich g'olibini aniqlab olamiz.

 

3-bosqich. Viloyat chempionlari endi vodiy chempionligi uchun kurash olib boradilar. Har bir viloyatning dastlabki ikkita o'rinini qo'lga kiritgan jamoalar uy safar tizimida 4ta tur uchrashuvlarini o'tkazadilar. O'z viloyatidagi natijalar saqlangan holda, oltin ochko qoidasiga amal qilinadi. 


Viloyat hududlari quyidagicha bo'linadi.

Andijon: 

1-hudud: Ulugnor, Bo'z, Baliqchi, SHahrixon.

2-hudud: Asaka, Marhamat, Oltinko'l, Buloqboshi.

3-hudud: Izboskan, Paxtaobod, Andijon, Xonabod.

4-hudud: Xo'jaobod, Jalaquduq, Qo'rg'ontepa.


Namangan:

1-hudud: Pop, CHust, Mingbuloq.

2-hudud: To'raqo'rg'on, Namangan, Kosonsoy, Yangiqo'rg'on.

3-hudud: CHortoq, Uychi, Uchqo'rg'on, Norin.


Farg'ona:

1-hudud: Dang'ara, Beshariq, Furqat, O'zbekiston.

2-hudud: Buvayda, Uchko'prik, Bog'dod, Qo'qon.

3-hudud: Oltiariq, Rishton, So'g', Farg'ona tumani, Quvasoy.

4-hudud: Qo'shtepa, Yozyovon, Quva, Toshloq, Marg'ilon.

Andijon viloyati 14ta tuman, 2ta shahardan iborat.

Farg'ona viloyati 15ta tuman, 4ta shahardan iborat. 

Namangan viloyati 11ta tuman, 1ta shahardan iborat.


Bu loyiha viloyat hokimlari darajasida o'tkazish kerak bo'ladi. Bugungi kunda bolalar futbolida mablag'ni yo'qligi, qator musobaqalarni o'tkazishga to'siq bo'lib kelayapti. Uchta viloyat hokimlari kelishgan holda har bir tur o'yinlarini bepul tez tibbiy yordam va jamoalarni bir hududdan ikkinchisiga o'tayotganida bolalarning xavfsizligi yo'lida "02" xizmat mashinalarini biriktirishlari juda muhim bo'ladi.


8-10 yoshdagi futbol musobaqalari esa bolalarni katta futbolga tayyorlash bosqichini bajarib berishi kerak. SHuning uchun bu yoshdagi musobaqalar viloyat miqyosida bo'lib o'tadi. 8-10 yoshdagi boshlang'ich sinfda o'qiydigan o'quvchilarda shanba dam olish kuni bo'lganligi bois, ularning musobaqalari shu kunda bo'lib o'tadi.


Lekin! Lekini shunidaki, bu 2-3 kishi istab qiladigan ish emas. Bu juda katta loyiha bo'lib, unga ilm, aql bilan yondoshish kerak. Agar yuqoridagi barcha ishlarni hech bo'lmasa 50% amalga oshadigan bo'lsa 2026-30 yillarga kelib vodiy jamoalarini to'xtatib qolish juda qiyin bo'ladi. Vodiylik muxlislar quyi ligaga tushib ketish haqida emas, ananaviy navbati bilan OCHL musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari muntazam Andijon, Namangan va Farg'ona viloyati vakillari bilan to'lib boradi. Mana shundan keyin hokimlar boshqa viloyatlardan keladigan futbolchilarga 20-50 ming AQSH dollarini behuda sarf qilmaydilar. 

Bu hali hammasi emas. Achinarli tomoni boshqa erda. Rossiyada qora ishni bajarib yurgan qanchadan qancha yosh o'zbeklar aslida mohir futbolchi bo'lishi mumkin edi. Keling, keyingi avlod vakillari arzimagan dollarni emas, buyuk futbolchi bo'lib millionlarni O'zbekistonga olib kirishi ustida ish boshlaylik!

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика