So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  5 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  3 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Hokimiyat masullari futbol maydonlarini sotib yuborsa, futbol qaerdan rivojlanadi? Yangiliklar

Hokimiyat masullari futbol maydonlarini sotib yuborsa, futbol qaerdan rivojlanadi?

Teglar :  Bolalar futboli
Bitta standart futbol maydoni 7000 kvadratni tashkil qiladi. Echinish xonalari, tribunalari va boshqa ofislarini qo'shib hisoblasangiz, 1 gektar er bo'ladi.

Bugunga kelib uy quruvchilarning oshig'i olchi. Tumaningizga 6 oy bormang, yangi ko'p qavatli uy solib qo'ygan bo'lishadi. U er oldin bolalar o'ynaydigan joy bo'lganmi, mashinalar turadigan joy, farqi qolmadi. Qator, qator uylar tushib yotibdi. Avvallari uylar o'rtasida malum masofa bo'lardi. Odam, odamdek yashashi kerak edi. Elvizak bo'lishi kerak, darahtlar, bolalar o'yingohi, avtoturarjoylar. Hozir tap etib, ikkita ko'p qavatli xonadonlar o'rtasida imorat tushyapti. Mayli, tadbirkorlar qaddini ursin, lekin millionlab bolalar nomidan bitta narsa so'rayman, BOLALAR FUTBOL MAYDONLARIGA TEGMANG!

To'g'ri, bugun bolalar futbolida katta pul yo'q. Lekin 10-15 yil o'tib ularda pul bo'ladi, pul bo'lganda bu ketishda maydon qolmagan bo'ladi. Futbol maydonlari o'rnida ko'p qavatli binolar, savdo markazlari, katta-katta do'kon va bozorlar qurilyapti. Hokimlar o'z viloyat, shahar yoki tumanlarida bolalar futbol klublarini ko'paytirish o'rniga, tap-tayyor joyini "sotvoryapti". Aksar tadbirkorlar bolalar sporti deb katta erlarni olib, 3-4 yilga kichkina maydoncha qurib qo'yyaptida, keyin bosa-bos, uy qurib tashlayapti.

Futbolchilar maydon uchun joy so'rasa, aukciondan sotib ol deydi. Borini buzadi, quraman deganga er bermaydi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика