Hokim kubogi. "O'rikzor" yarim finalga chiqa olmadi
26 noy 2015 17:49
Yangiliklar


Hokim kubogi. "O'rikzor" yarim finalga chiqa olmadi
Futbol bo'yicha Hokim kubogi bahslari davom ettirilmoqda.
"O'rikzor" klubi nimchorak finalda "Lokomotiv-1"ni mag'lub etgan edi. Yarim final yo'lida jamoa BO'SM-22 bilan kurash olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakuniga etgach, jamoalar g'olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashdi. Unda omad BO'SM-22 ga kulib boqdi, ular lotoreyada 3:1 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga yo'l oldilar.
Gollar: - A.Mahkamov
"O'rikzor": Mirsodiq Mahamatov, Aziz Aminjonov, Doniyor Usmonov, Nuriddin Nasriddinov, Jamshid Islomxo'jaev, SHerzod Qodirov, SHukur Mo'minov, Bahrom G'ofurov, Bekzod Mirsaidov, Abdulla Mahkamov, Abdurashid Valixonov.
Zahira: Xojiakbar Nasriddinov, Zoir Toshmatov, Muhammadqodir Nurmatov, Abdulla Yo'ldoshev, Islom Gaynazarov.
FK "O'rikzor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar