“Hokim kubogi”: "Neftchi" - “O'zDongJu” bahsi statistikasi
06 fev 2016 16:51
Yangiliklar


“Hokim kubogi”: "Neftchi" - “O'zDongJu” bahsi statistikasi
Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov “O'zDongJu”ga qarshi guruhning so'nggi bahsida o'rinbosarlar jamoasini maydonga tushirishga qaror qildi. Asosiy tarkib o'yinchilariga esa dam berildi. “Neftchi-1” jamoasi nomi ostida maydonga tushgan yoshlarimiz o'yin davomida quyidagicha statistika qayd etishdi.
Burchak to'plari.
O'yinda “Neftchi-1” va “O'zDongJu” futbolchilari 2 martadan burchak to'pi tepishdi.
Qo'polliklar.
Bellashuvda “Neftchi-1” vakillari 7 marta qoida buzishdi. Andijonliklar esa 13 marta.
Umumiy zarbalar:
Bahsda Baxrom Haydarov shogirdlari raqib darvozasiga umumiy 14 marta zarba yo'llashdi. “O'zDongJu” futbolchilari 6 marta O'tkir Yusupov darvozasiga to'p tepishdi.
Aniq zarbalar:
Aniq zarbalar borasida ham ustunlik “Neftchi” yoshlari tarafida bo'ldi. Maydon egalari 5 marta aniq darvozaga zarba berishga muvaffaq bo'lishdi. “O'zDongJu” esa 3 marta.
Jarima to'plari:
Farg'onaliklar o'yinda 13 marta jarima to'pi tepishdi. “O'zDongJu” jamoasi 7 marta.
Ogohlantirishlar.
Uchrashuv bosh hakami o'yin davomida faqat bir marta “Neftchi-1” futbolchisini sariq kartochka bilan jazoladi.
Eslatib o'tamiz, o'yin “Neftchi-1” jamoasining 2:1 hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar