So’nggi yangiliklar

08:53Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди  0 08:24"Реал" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:20Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" 1:2  2 08:10Ла Лига. "Жирона" - "Барселона" 2:1  7 07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  1 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  155 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  2 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  3 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  2 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  3 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  10 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  4 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  97

"Hokim kubogi": "Neftchi-1" oxirgi turda ham g'alaba qozondi Yangiliklar

"Hokim kubogi": "Neftchi-1" oxirgi turda ham g'alaba qozondi

Teglar :  Hokim kubogiNeftchi
Farg'onada bo'lib o'tayotgan “Hokim kubogi” bahslariniing guruh o'yinlari yakunlandi.

“Neftchi-1” guruhning so'nggi turida “O'zDongJu”ga qarshi o'ynadi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Andrey Fyodorov oxirgi turda boshqacha qaror qildi. Yani andijonliklar qarshi bahsda asosan o'rinbosarlar safidagi yigitlar maydonga tushishdi. Ularga Bahrom Haydarov boshchilik qildi.

Asosiy jamoadan esa darvozobon O'tkir Yusupov, himoyachilar Sardor Qulmatov hamda Doston Tursunovlar Andijon jamoasi qarshi o'ynashdi. Ilk bo'lim ko'proq yakkakurashlar ostida o'tdi. O'yinda hisobni “O'zDongJu” ochdi. Andijonliklar tarkibidan Ikrom Zaylobiddinov uchrashuvdagi birinchi golga muallif bo'ldi. Taym shu natija bilan tugadi. Ikkinchi bo'lim umuman boshqacha scenariy ostida o'tdi deyishimiz mumkin. Aytish kerakki, Bahrom Haydarov shogirdlarining o'yini ikkinchi taymda chinakamiga qovushdi. Dastlab zaxiradan o'yinga qo'shilgan Abduqodir Ortiqov hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Elamon Karimov ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Ikkinchi bo'limning asosiy qismi “Neftchi” yoshlarining ustunligi ostida o'tdi. Yakuniy hisob 2:1 “Neftchi-1” g'alabasi.

“Hokim kubogi”. 5-tur.

“Neftchi” – “O'zDongJu” 2:1 (1:0)

Gollar:
0:1 - Ikrom Zaylobiddinov, 1:1 - Abduqodir Ortiqov, 2:1 - Abduqodir Ortiqov.

“Neftchi-1”: O'tkir Yusupov, Sardor Qulmatov, Doston Tursunov, Xurshid Asqaraliev, Elamon Karimov, Islom Toshpo'latov, Otabek Muhammadjonov, Husan G'aniev, Jamshid Xoshimov, Akbar Aminjonov, Bobur Farxodov.

Zaxira: SHuxrat Raxmonov, Abduqodir Ortiqov, Sarvar Abdullaev, Xusniddin G'ofurov, Muhammad G'ulomov, Jahongir Qurbonov, Mirjamol Nematov.

“O'zDongJu”:  Muhammadmirzo Zokirov, Abdurasul Komilov, Usmonali Usmonaliev, Jahongir Dadaboev, Xayrullo Qodirov, Ikrom Zaylobiddinov, Oybek Axmatov, Zokir Nurmatov, Faxruz Saloxiddinov, Aziz Kalomov.

SHu tariqa, “Neftchi” yoshlari uchun “Hokim kubogi” turniri yakunlandi. Bahrom Haydarov jamoasiga ushbu musobaqa katta tajriba maktabi bo'ldi deyishimiz mumkin. “Neftchi” o'rinbosarlari turnir davomida “Qizilqum” va “Qo'qon-1912” kabi Oliy liganing kuchli klublari qarshi raqobat olib borishdi. Jamoa yoshlari uchun Oliy liga-2016da mazkur turnirda to'plangan tajriba hali ko'p qo'l keladi deb umid qilamiz.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика