"Hokim kubogi": Final "Neftchi" stadionida bo'lib o'tadi
05 fev 2016 11:58
Yangiliklar


"Hokim kubogi": Final "Neftchi" stadionida bo'lib o'tadi
7 fevral kuni Farg'ona viloyati “Hokim kubogi” final bahsi bo'lib o'tadi.
Mazkur o'yin Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'tkazilinadigan bo'ldi. Bu haqda Farg'ona viloyati futbol federaciya birinchi-vice prezidenti Tohir Kapadze malum qildi.
Malumot o'rnida, final bosqichiga Farg'onaning “Neftchi-1” hamda Navoiyning “Qizilqum” jamoalari yo'l olishdi. Final uchrashuvi oldidan bayram dasturi ham bo'lib o'tishi reja qilingan. “Neftchi” SKda bo'lib o'tadigan final uchrashuviga barcha futbol muxlislarini chorlab qolamiz. Final soat 15:00da boshlanadi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar