So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

"Hokim kubogi-2023". Musobaqaning eng yaxshilari tomonidan bildirilgan fikrlar Yangiliklar

"Hokim kubogi-2023". Musobaqaning eng yaxshilari tomonidan bildirilgan fikrlar

Farg'onada tashkil etilgan "Hokim kubogi-2023" musobaqasining final uchrashuvi yakunida eng yaxshilar sifatida taqdirlangan futbolchilarning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

"Eng yaxshi darvozabon" – Asilbek Tojiddinov ("Andijon-SGS"): 

"Hokim kubogi-2023" musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Barcha raqiblarimizga munosib qarshilik ko'rsata oldik, deb o'ylayman. Erishgan yutug'im albatta menga va jamoamizga qo'shimcha motivaciya sifatida xizmat qiladi. Musobaqa tashkilotchilariga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Bir jamoa bo'lib ahillikda yanada yuksak yutuqlar uchun kurashishda davom etamiz".



"Eng yaxshi futbolchi" – Muhammadali Xolmatov ("Neftchi U-21"):

"Musobaqada katta tajriba to'pladik. Futbol 90 daqiqa davom etadi, har bir o'yinda ahillik bilan oxirigacha kurash olib bordik. Murabbiylarimiz bizga har qanday kuchli raqibdan cho'chimasdan futbol o'ynash lozimligini hamisha uqtirib kelishadi. Musobaqa juda chiroyli ko'rinishda tashkil etildi, ayniqsa, final uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan taqdirlash marosimi ham yuqori darajada o'tdi. Tashkilotchilarga jamoamiz nomidan rahmat aytamiz.

Kelgusidagi maqsadlarim o'z ustimda yanada ko'proq ishlab, milliy terma jamoada o'ynash va yurtimiz bayrog'ini yanada yuksaklarga ko'tarishdan iborat".

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика