So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  73 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  2 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  47 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

"Hokim kubogi-2022". Yarim finalda 8 ta to'p o'tkazib yuborgan "Denov" vakillari qanday fikrda? Yangiliklar

"Hokim kubogi-2022". Yarim finalda 8 ta to'p o'tkazib yuborgan "Denov" vakillari qanday fikrda?

Avval xabar berganimizdek, bugun Farg'onada bo'lib o'tayotgan "Hokim kubogi-2022" musobaqasida yarim final bahslari bo'lib o'tdi. Saytimiz muxbiri "Qo'qon-1912" - "Denov" (8:0) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa vakillarining fikrlari bilan qiziqdi.

Bekzod Azimov, "Denov" klubi rahbari:

- Biz "Hokim kubogi" musobaqasiga tajriba to'plash va tarkibni kuchaytirish uchun selekciya ishlarini amalga oshirish maqsadida kelganmiz. Albatta, bir qator kuchli jamoalar bilan o'yin o'tkazdik va yarim final bosqichiga qadar etib keldik. SHuncha jamoa ichida kuchli to'rtlikka kirish bu katta natija deb hisoblayman. Yigitlarga bugungi o'yindan keyin rahmat aytdim, ularni tushkunlikka tushmaslikka chorladim. "Qo'qon-1912" Superligada o'ynaydigan kuchli jamoa. Bu o'yin bizga katta tajriba maktabi bo'ldi deb o'ylayman.

Sanjar Ahmedov, jamoa sardori:

- Jamoamiz o'tgan mavsum yakunida Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Hokim kubogi" musobaqasiga tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilarni sinovdan o'tkazish va tajriba to'plash maqsadida kelganmiz. Mazkur musobaqada kuchli jamoalarga qarshi o'yin o'tkazdik, taasurotlarimiz yomon emas. 

Bugungi o'yinda bizda charchoq alomatlari sezilib qoldi. "Qo'qon-1912" Superliga jamoasi, tarkibida kuchli futbolchilari bor. Tezkor gol va darvozamiz tomon belgilangan 4 ta penaltilar hisobning shunday yirik ko'rinishga kelib qolishiga sabab bo'ldi deb o'ylayman. G'alaba bilan "Qo'qon-1912" jamoasini tabriklayman, kelgusida omad va zafarlar yor bo'lsin.

SHuningdek, klubimiz rahbari Bekzod Azimovga jamoadoshlarim nomidan minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. U kishi safar harajatlarini o'zlari qoplagan xolda bizni "Hokim kubogi" musobaqasiga olib keldilar. 

Tumanimiz hokimligi qo'llab-quvvatlashi ostida yangi mavsumda Birinchi ligada munosib ishtirok etib, Pro-ligaga chiqishni maqsad qilganmiz. Denovda futbolsevar muxlislar juda ko'p, biz ularga katta futbol atmosferasini taqdim etmoqchimiz. Hozirda jamoamizda Jalil Kimsanov, Akmal Abdurahmonov, Sarvar Xolmatov, Robbim Hasanov, Eldor Boymatov, Dilshod Baratov kabi tajribali futbolchilar bor.

Ertaga musobaqaning 3-o'rini uchun "Do'stlik" jamoasiga qarshi maydonga chiqamiz. Bu jamoa bizga "eski tanish" hisoblanadi. Sababi ularga pulka o'yinlarida mag'lub bo'lgandik. Guruh bosqichida "Do'stlik"ni mag'lub etdik, xuddi shu tarzda ertaga ham g'alaba qozonib 3-o'rin sohibi bo'lmoqchimiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика