So’nggi yangiliklar

21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0

“Hokim kubogi-2016”: “Neftchi-1”dan yirik g'alaba! Yangiliklar

“Hokim kubogi-2016”: “Neftchi-1”dan yirik g'alaba!

Teglar :  Hokim kubogi
Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2016” turniri qizg'in tarzda davom etmoqda.

31 yanvar kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida “Neftchi-1” va “Yozyovon-Lochinlari” jamoalari kurash olib borishdi. Bahsda Andrey Fyodorov shogirdlari yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

    O'yinda tezkor gol kiritildi. “Neftchi” himoyachisi SHukur Po'latov birinchi bo'limning ilk daqiqalarda “Yozyovon-Lochinlari” darvozasini ishg'ol etdi. Navbatdagi gollarga “Neftchi”dan Murod Bobojonov, Muxsin Ubaydullaev va Damir Nazinovlar mualliflik qilishdi. Yozyovonliklar tarkibidan SHarifjon Mirzaev mazkur to'plarga bir marta javob qaytardi. Yakuniy hisob 4:1, “Neftchi-1” g'alabasi!

   Eslatib o'tamiz, Fyodorov jamoasi kelgusi bahsni 1 fevral kuni Namanganning “Norin” jamoasiga qarshi olib borishadi. Bellashuv Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 15:00da start olishi reja qilingan.

31 fevral. Qirguli. “Neftchi” SK stadioni.

“Neftchi-1” – “Yozyovon-Lochinlari” 4:1.

Gollar: SHukur Po'latov, 1:0 Muxsin Ubaydullaev, 2:0 Murod Bobojonov, 3:0 SHarifjon Mirzaev, 3:1 Damir Nizanov, 4:1. 

“Neftchi-1”: Abdumavlon Abdujalilov, Dilyor Irmatov, SHukurali Po'latov, Sardor Qulmatov, Ilxom Boydedaev, Baxtiyor Yoqubov, Umid Qodirov, Javohir Rasulov, SHerzod Hakimov, Sardor Eminov, Murod Bobojonov.

Zahira: O'tkir Yusupov, Doston Tursunov, Jahongir Mehmonov, Alisher Samatov, Muxsin Ubaydullaev, Abbos Abdulxaqov, Otabek Isroilov.

Jamoa bosh murabbiyi: Andrey Fyodorov (Neftchi-1)

“Yozyovon-Lochinlari”: Alisher Faxriddinov, Bobur Rasulov, Jaxongir Yusufjonov, Islom Xoshimov, Xabibillo Bubataev, Doston Tursunzoda, Tohir Karimov, Umidjon Xoshimov, Muxiddin Mamasoliev, Behzod Maxpiraliev.

Zaxira: Abdussator Obidov, Zokir Ismiolov, G'iyos Tursunov, SHarif Mirzaev, Muhammadamin Voxidov, SHahboz Abdurahmonov. SHaxzod To'ronov.

Jamoa bosh murabbiyi:  Islombek Ismoilov (Yozyovon-Lochinlari)

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика