So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  3 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

Hojimat Erkinov: “Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarganimiz tufayli g'alaba qozondik” Yangiliklar

Hojimat Erkinov: “Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarganimiz tufayli g'alaba qozondik”

Bilasiz, kuni kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonligi ostida o'tayotgan Osiyo chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshladi.

Hamyurtlarimiz uchun g'alaba bilan tugagan uchrashuvdan so'ng “Qo'qon 1912” klubi futbolchisi Hojimat Erkinov fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchi galda Hindistonga qarshi kechgan o'yin hususidagi ilk fikrlaringiz...

- Menimcha yaxshi bellashuv bo'ldi. Birinchi bo'limda ozgina qiynaldik. Raqibimiz mudofaada tartibli harakatlandi. Ustiga ustak shamolga qarshi to'p tepishga to'g'ri keldi. Ikkinchi taymni ancha faol boshladik va o'z maqsadimizga erishdik.

- Hindistonda futbol yildan yilga rivojlanmoqda. Ular Toshkentda bo'lib o'tgan U-16 osiyo chempionati saralashida birinchi o'rinni egallab keyingi bosqichga chiqishdi. Mazkur yosh toifasidagi terma jamoadan ham jiddiy qarshilik kutganmidingiz?

- Ha. Albatta. Barcha mamlakatlar qatori u erda ham futbolga katta etibor qaratilayotganini bilardik. Bizga munosib qarshilik tug'dirishdi.



- Jamoadagi ayrim futbolchilarda xalqaro tajriba yo'q edi. O'rtoqlik o'yinlari o'z yo'liga. SHu sababdan ilk daqiqalarda hayajon bo'lgani tabiiy...

- Bosim va hayajon har bir futbolchida bo'ladi. CHunki, biz vatanimiz va oilamiz shanini himoya qilish uchun to'p tepyapmiz. Fikrimcha, murabbiylar shtabining ko'rsatmalarini to'g'ri bajarganimiz tufayli uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Keyingi turda jamoa yanada erkin va hotirjam to'p tepishi mumkinmi?

- Ikkinchi turda bundanda og'ir bo'lishini taxmin qilyapmiz. Boisi, raqiblarimiz bizning o'yinlarimizni boshidan ohirigacha o'rganishganligi aniq. Futbolchilar va murabbiylar bilan birgalikda raqiblarimizni tahlil qilamiz va shunga yarasha hozirlik ko'ramiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика