Hindiston (U-23) darvozaboni: "Vazifamiz maydonga tushib oxirigacha harakat qilish"
27 mar 2015 12:54
Yangiliklar

Hindiston (U-23) darvozaboni: "Vazifamiz maydonga tushib oxirigacha harakat qilish"
Bugun O'zbekiston (U-23) terma jamoasi Hindistonga qarshi o'yin bilan Osiyo chempionati saralashini boshlaydi.
Raqibimiz darvozaboni Amrinder Singx o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hindiston uchun guruhdagi barcha raqiblarga qarshi o'ynash juda ham muhim. Katta tajriba bo'ladi deb o'ylayman. Jamoa sardori sifatida aytishim mumkinki, barchamiz bu o'yinga birlashishimiz kerak. Hozir faqatgina guruhning eng kuchli jamoasi O'zbekiston haqida o'ylayapmiz. Qarshi hujumda yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak. Bizning ishimiz va vazifamiz maydonga tushib, oxirigacha harakat qilish", - deydi jamoa sardori.

Fikrlar