So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  48 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  12 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Hindiston termasi sardori Sunil CHetri: "O'zbekiston bilan o'yinda yana ko'p narsani o'rganishimiz keraklini angladik" Yangiliklar

Hindiston termasi sardori Sunil CHetri: "O'zbekiston bilan o'yinda yana ko'p narsani o'rganishimiz keraklini angladik"

Osiyo kubogi ikkinchi turida O'zbekistondan yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan Hindiston terma jamoasi sardori Sunil CHetri uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston termasi kecha Hindistonni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Hindistonliklar sardori, 39 yoshli Sunil CHetri o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Oxirgi besh yilda Hindiston katta o'sishga erishdi. Biroq, O'zbekistonga qarshi o'yinda yana ko'p narsa o'rganishimiz kerakligini angladik. Katta jamoalarga qarshi o'yinlarda ko'pincha shunday bo'ladi. Avstraliya va O'zbekiston kabi terma jamoalarga to'qnash kelish oson bo'lmaydi.

Bu o'yindan yaxshi jihatlarni ko'radigan bo'lsak, jamoadoshlarim o'zlarida bor barcha kuchni o'yinga tashlashdi. Birinchi bo'limdagi qo'pol xatolar juda qimmatga tushdi. O'yinni analiz qilib, aynan qaysi nuqtalarda sust harakat qilganimizni aniqlab olishimiz lozim", -dedi Sunil CHetri.

Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur o'yinini Avstraliyaga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv 23 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:30da start oladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика