So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  8 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Hindiston termasi bosh murabbiyi: "Dastlabki o'yindagi durang O'zbekistonga bosim yuklagan. Hujumkor o'ynashga harakat qilamiz" Yangiliklar

Hindiston termasi bosh murabbiyi: "Dastlabki o'yindagi durang O'zbekistonga bosim yuklagan. Hujumkor o'ynashga harakat qilamiz"

Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o'rin olgan Hindiston - O'zbekiston uchrashuvidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida Hindiston termasi bosh murabbiyi Igor SHtimac va futbolchi Amrinder Singh qatnashdi.

- Janob murabbiy, O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan nimalar deya olasiz?

- Hammaga salom. Biz uchun juda katta o'yin. Avstraliyaga qarshi juda ko'p tajriba to'pladik. Hozir esa yana bir muhim o'yin oldidan turibmiz. O'zbekiston juda kuchli raqib. Ularning so'nggi natijalari barchasini aytib turibdi. O'zbekiston birinchi o'yinda g'alaba qozona olmadi, bu ularga bosim yuklayapti. Raqib ilk daqiqalardanoq katta kuch bilan oldinga borishi mumkin. Biz dastlabki daqiqalardagi bosimni engib o'tishimiz kerak. Futbolchilarimning kayfiyati yaxshi, ular yana bir imkoniyatga ega bo'layotganlaridan mamnunlar.

- Amrinder Singhning uchrashuv haqidagi fikrlari qanday?

- Hindiston uchun qiyin bo'lishi aniq. Barcha futbolchilar yaxshi holatda, hamma o'zini tiklab oldi. O'zbekistoning Suriyaga qarshi o'yinini tomosha qildik. Ertaga qiyin bo'lishi aniq.

- Avstraliyaga qarshi o'yinda yaxshi harakat qildingiz, ammo yarim himoyadagi o'yiningiz juda kuchsiz kechdi. O'zbekistonga qarshi o'yinda bu kamchilikni qanday to'g'rilamoqchisiz? Raqib jamoaga ham baho berib o'tsangiz.

- O'zbekiston texnik jihatdan juda kuchli jamoa. Terma tarkibida Rossiya, Greciya, Franciyada to'p suradigan futbolchilar bor. SHu bilan birga, O'zbekiston tajribali futbolchilar bilan birgalikda yosh va g'alabaga chanqoq o'yinchilar ham talaygina. Biz ularga qarshi jamoaviy tarzda kurashishimiz va zich o'yin ko'rsatishimiz kerak. 

- Hindiston Avstraliyaga qarshi birinchi bo'limda yaxshi o'ynadi, ammo ikkinchi bo'limda maydonning ikkinchi yarmiga deyarli o'ta olmadik. Bu muammoni qanday echishni rejalashtirgansiz? SHu bilan birga jarohatlangan o'yinchilar haqida gapirsangiz...

- Bizda bir necha o'yinchilar jarohat olgan. Nomlarni ayta olmayman. Lekin o'zgarishlar bo'lishi aniq. Avstraliyaga kelsak, biz ular imkon bergan uslubda o'ynadik. Ular juda katta jamoa, jamoa futbolchilari Evropada o'ynashadi. Darajada farq katta. Avstraliya bizga qanday o'ynash imkonini qoldirgan bo'lsa, biz shu tarzda harakat qildik. Ikkinchi qavatdan juda ko'p uzatmalarni qaytardik. Birinchi bo'limda gol uchun zo'r imkoniyat bo'ldi. Agar o'sha vaziyat bo'lganda kim biladi nima bo'lardi. Jamoalar o'rtasida katta farq bo'lganda sizda unchalik ham ko'p imkoniyat bo'lmaydi.

- O'zbekistonga qarshi o'yin Avstraliya bilan o'yindan qanday farq qiladi? Raqib texnik jihatdan juda kuchli...

- Biz ko'proq hujumkor o'yinchilarga urg'u bermoqchimiz. Avstraliyaga qarshi o'yinda ham imkoniyatlar bo'ldi.  Biroq, o'sha o'yinda futbolchilar tashabbus ko'rsata olishmadi. Bu o'yinni analiz qilganimizdan so'ng ko'p narsa malum bo'ldi.

- Avstraliyaga qarshi o'yinda vaziyatlarni yakunlashda muammoga duch keldi. Bu masala bo'yicha ishlayapsizmi?

- Biz har kuni vaziyatlardan foydalanish bo'yicha ishlaymiz. 

- Avstraliyaga qarshi o'yinda juda ko'p muxlis keldi. Bu qanchalik ahamiyatli.

- Quvaytga qarshi o'tkazilgan JCH saralash o'yinida mehmonda bo'lishimizga qaramay, bizni juda ko'p muxlis qo'llab-quvvatlagandi. Aynan shu narsa bizga doim yordam beradi. Biz o'sha o'yinda to'liq ustunlikka erishgandik. Muxlislar shuning uchun kerak. Bu erda ham juda ko'p muxlislarimiz bor. O'zbekistonga qarshi o'yinda raqibga bosim berishda muxlislarimiz katta rol o'ynashadi. Ularga katta rahmat aytaman.

- Musobaqa tashkilotchiligi bo'yicha fikring qanday? Biror kamchilik bormi? 

- Hammasi ajoyib. Jahon darajasidagi turnir. Tashkilotchilik juda yaxshi.

- Yarim himoyada hujumkor futbolchilarni o'ynatish vaqti kelmadimi?

- Albatta, bu aynan biz qilishimiz kerak bo'lgan ish.

- O'zbekiston Suriyaga qarshi katta ustunlikka erishdi. Ularga qarshi hujumda qanday harakat qilmoqchisiz?

- Ha, O'zbekiston Suriyaga qarshi o'yinda to'liq ustunlik qildi, ammo Suriya ko'rsatgan o'yinni ham etirof etish joiz. Suriyaliklar jismonan juda kuchli edi. Ular qarshi hujumda bo'lgan barcha vaziyatlardan foydalanishga harakat qilishdi. Suriyada to'pni nazorat qila oladigan va tezligi hisobiga bosh zonalarga ochila oladigan o'yinchilar bor edi. Aynan shu narsa bizga Avstraliya bilan o'yinda etishmadi. Bizning o'yinimiz butunlay boshqacha bo'ladi. Bu Osiyo kubogida hakamlar yakka kurashlarga imkoniyat berishmoqda. SHunday ekan, biz o'zaro to'qnashuvlardan biroz qochishimiz kerak. Tezkor paslar bilan, ko'proq yugurishimiz lozim bo'ladi.

- Avvalroq, Srechko Katanecning yaxshi bilishingiz haqida gapirgandingiz. Bu narsa O'zbekistonga qarshi o'yinda jamoaga yordam berishi mumkinmi?

- U men qanday o'ylashimni biladi, men esa u qanday fikrlashini. Bu narsa unchalik ham ahamiyatli emas. Biz ochiq zonalar qoldirmasligimiz kerak.

- Ertangi o'yinda qanday maqsad bilan harakat qilasiz? Ochko qo'lga kiritish asosiy maqsad bo'ladimi yoki hujumkor o'yin?

- Hindiston bu o'yinda bor kuchi bilan harakat qilishi kerak. Kecha O'mon termasi qanday o'ynaganini barchamiz ko'rdik. Ular ajoyib natija qayd etishlariga bir bahya qoldi. O'zbekiston bilan o'yinga kelsak, bizning yigitlar 100% tayyor. Ular lahzadan bahra olishadi. Avstraliyaga qarshi o'yindan ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishimizga umid qilaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика